Salomatlik Salomatlik Shakarning eng yaxshi tabiiy o‘rinbosarlari

Shakarning eng yaxshi tabiiy o‘rinbosarlari

O'qildi: 329


Shakarning eng yaxshi tabiiy o‘rinbosarlari

Vitamin va minerallarga ega emasligidan tashqari, glikemik indeksi yuqori hisoblangan shakar salomatlikda jiddiy muammolar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin. Shu sabab ham undan tiyilish va me’yorni bilish muhim sanaladi. Harper’s Bazaar uning o‘rnini bosuvchi shirin, ammo foydali mahsulotlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Harper’s Bazaar

Steviya

Janubiy Amerikada o‘sadigan o‘simlik bargidan olinadigan tabiiy shirinlikni sportchilar, model va qomatiga befarq bo‘lmagan barcha yaxshi ko‘radi. Kaloriyasiz hisoblangan steviyani choy, qahva, shirinlik va boshqa taomlarga qo‘shsa bo‘ladi. 100 foiz tabiiy hisoblangan mahsulot organizm uchun zararsizligi bilan o‘ziga xosdir.

Yernok qiyomi

Ko‘rinishi kartoshkani esga soladigan yernokdan ta’mi gul asalinikiga o‘xshaydigan qiyom tayyorlanadi. Unda moddalar almashinuvini yaxshilaydigan pektin va organik kislotalar mujassam.

Xurmo qiyomi

Shakar o‘rnini bosuvchi eng yaxshi mahsulot sanalgan qiyom foydali vitamin, kaliy, magniy va fosforning koni. Xurmoning o‘zi ham tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Ammo bo‘tqa yoki smuziga qo‘shish uchun ayni muddao bo‘lgan xurmoning glikemik ko‘rsatkichi yuqori ekanini unutmaslik kerak.

Zarang qiyomi

Zarang daraxtining qiyomi mineral, mikroelement va B guruhi vitaminlarining koni. Yogurt, bo‘tqaga qo‘shish uchun ayni muddao ekaniga qaramay, kaloriyasi ko‘pligi sabab ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi.

Kerob qiyomi

Kerob daraxtining qiyomida mineral va foydali vitaminlar bisyor bo‘ladi. Ta’mi shokoladni esga soluvchi qiyom shirinlikka allergiyasi borlar uchun ayni muddao.

Nimalar tavsiya qilinmaydi?

Parhezshunoslar vitamin va minerallardan tashqari, 90 foiz fruktoza borligi sababli agava qiyomini iste’mol qilmaslikni tavsiya qiladi. Bu organizmga shakardan ham salbiyroq ta’sir qilishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • O‘zingizni behol his etyapsizmi?Hayotiy quvvatni ko‘tarishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
  • Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab
  • Valeriankaga hojat yo‘q: Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.