Salomatlik Ayollar uchun Nima uchun sochlarni tez-tez yuvmaslik kerak? Bunga shampunning aloqasi bormi?

Nima uchun sochlarni tez-tez yuvmaslik kerak? Bunga shampunning aloqasi bormi?

O'qildi: 276


Nima uchun sochlarni tez-tez yuvmaslik kerak? Bunga shampunning aloqasi bormi?

Go‘zallik va tozalikni saqlab qolish aksariyat ayollarning asosiy vazifasiga aylangan. Buning uchun qimmat shampun, niqob va zardobdan foydalanishadi. Ushbu vositalar haqiqatan ham kerakmi yoki yo‘qligini quyidagi ma’lumotlar orqali bilib olishingiz mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlarni tez-tez yuvish kerakmi?

Sochlarni har kuni yuvish kerakligi haqida keng tarqalgan afsona bor. Shampunning vazifasi sochlarni hid, ter yoki yog‘dan tozalashdir. Oddiy bosh terisi yuvilgandan keyin ikkinchi kunning oxiriga kelib sochlar yog‘li bo‘la boshlaydi. Agar bu odatdagidan erta sodir bo‘lsa, darhol trixologga murojaat qilish kerak. Shifokor yog‘ bezlarining faoliyatini tartibga solishga yordam beradi.

Ko‘pchilik buni har kuni yuz va qo‘llarni yuvish bilan bir xil kundalik odat deb bahslashadi. Ammo bosh terisi va yuzning pH darajasi, himoya funksiyasi boshqacha. Bundan tashqari, yuvinish gellarida ishlatiladigan formulalar sochlardagi kirni yuva olmaydi va shuning uchun komponentlar shampunlarda salbiy ta’sirga ega bo‘ladi. Eng ishonchli usul – sochni darhol yuvmaslik kerak. Haqiqatan ham soch ildizlari yog‘lanmaguncha kutish kerak.

Sochni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak?

Internet olamida shampunni ikki marta qo‘llashni maslahat berishadi. Birinchi yondashuvda kir yuvilsa, ikkinchisida esa sochlar yog‘dan tozalanadi. Birinchidan, yaxshi shampun bir vaqtning o‘zida hamma narsani yuvadi, ikkinchidan, bosh terisidagi yog‘ muhim va zarur vazifani bajaradi. Yog‘ bezlari terining qurishidan himoya qiladi va normal o‘sishi uchun soch follikulalarini oziqlantiradi. Agar teri qurisa, qazg‘oq va qichishish paydo bo‘ladi va yog‘ bezlarining normal faoliyatini tiklash oson kechmaydi.

Nima uchun tozalashda moylardan foydalanish kerak?

Tozalash va yuvish bir narsani anglatmaydi. Shampun – bu chang va kirni bartaraf etadi, tozalashni esa boshqa yo‘l bilan ham amalga oshirish mumkin. Misol uchun, yuvishdan oldin sochlarga qo‘llanadigan bosh terisi moylari mavjud. Moyning tozalash uchun ishlatilishi g‘alati tuyiladi, lekin bu efir moylari bo‘lib, tozalash uchun ayni muddao. Mahsulotning vazifasi shundaki, u bosh terisida himoya qobig‘ini hosil qiladi, bu terini shampunning agressiv moddalaridan himoya qiladi va sochlarni yuvish uchun tayyorlaydi.

Sochlarini tez-tez shampun bilan yuvishdan ataylab bosh tortadigan odamlar bor. Jingalak sochlarga shampun yanada hajm berib yuboradi. Shuning uchun jingalak soch egalari birinchi navbatda quruq sochlarga konditsioner surtadi va keyin ularni oddiy suv bilan yuvib tashlaydi. Ammo ushbu usul shampunni butunlay rad etishni anglatmaydi, u haftada bir marta faqat bosh terisini tozalash uchun qo‘llanadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.