O‘pkalarni mustahkamlashning oddiygina 4 usuli
Ekologiyaning yomonligi va shahar havosining ifloslanishi va boshqalar sabab o‘pkalar faoliyati bilan bog‘liq muammolar, kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ularning salomatligini saqlash va mustahkamlashga yordam beradigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: Harper’s BazaarChuqur nafas olish
Qanchalik g‘alati tuyulmasin, kun davomida biz yetarlicha chuqur nafas olmaymiz. Aynan shu sabab ham kechasi 10-15 daqiqani chuqur nafas olish mashqiga ajrating. Yerga oyoqlarni chalishtirib o‘tiring. Maksimal darajada chuqur nafas oling.
Qadni tik turib o‘tirish
O‘pkalar siqilib qolmasligi va nafas bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun qadni tik tutib, to‘g‘ri o‘tirish kerak.
Kulish
Qah-qah otib kulish qorin mushaklari va o‘pkalar kengayishi uchun a’lo mashq hisoblanadi. Shu sabab ham kulishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Ko‘p suyuqlik iching
Suv nafaqat organizmning salomatligi, balki kishi o‘zini yaxshi his qilishi uchun ham muhim sanaladi. Kuniga kamida 2 litr suv ichish kerak.
Mavzuga doir:
- Egilgan bo‘yin: Telefonga mukkasidan ketish salomatlik va qomat uchun qanchalik xavfli?
- Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari
- Kompyuterda ko‘p ishlaydiganlar orttiradigan kasalliklar va ularning oldini olish choralari
- Turib ishlash uchun 5 ta sabab
- O‘tirib ishlashning zararini qanday kamaytirish mumkin?
Manba