Oson va samarali: o‘pkalarni mustahkamlashning 4 oddiy usuli
Hayotimizda muhim rol o‘ynashiga qaramay, o‘pkalar salomatligi haqida ko‘pincha nafas olish bilan muammo paydo bo‘lgandagina qayg‘uramiz. Ushbu a’zo yordamida har bir hujayra kislorod bilan ta’minlanadi. Kislorodning yetishmasligi respirator kasalliklar xavfini orttiradi va hatto immunitet pasayishiga ham olib keladi. Shahardagi gazlar va havo sifatining pastligi o‘pkalar faoliyatiga ta’sir qilmay qolmaydi. Turli muammolar kelib chiqmasligi uchun esa maxsus nafas mashqlarini har kuni bajarish, foydali odatlarni esa takrorlash kerak bo‘ladi.
Foto: FreepikChuqur nafas olish
Qanchalik g‘alati tuyilmasin, odam kun davomida yetarlicha chuqur nafas olmaydi. Har kecha hech bo‘lmasa 10-15 daqiqa ushbu mashqqa vaqt ajratish kerak bo‘ladi. Buning uchun chordana qurib o‘tiring. Qorin mushaklarini ishlatib, maksimal darajada sekin va chuqur nafas oling,
To‘g‘ri vaziyatni egallang
O‘pkalar tuzilishi jihatidan kelib chiqqan holda organizmda odamning vaziyatiga qarab joy egallaydi. Shunday ekan, ular ko‘proq joy egallashi uchun to‘g‘ri va tekis o‘tirib, ko‘kraklarni kergan holda yuqoriga cho‘ziling.
Ko‘proq kuling
Kulgi qorin mushaklari va o‘pkalar hajmini kengaytirish uchun eng a’lo mashq hisoblanadi. Qolaversa, o‘pkalarda turib qolgan havo kulish orqali chiqib ketadi.
Yetarli miqdorda suv iching
Suv nafaqat organizm salomatligi, kishi o‘zini yaxshi his qilishi, balki o‘pkalar uchun ham muhim sanaladi. Suv o‘pkaning yupqa shilliq qavatini qo‘llab-quvvatlaydi. Eslatib o‘tamiz, suvning o‘rtacha kunlik me’yori 2 litr hisoblanadi.
Manba