Tez-tez bel og‘rishining sizga ma’lum bo‘lmagan sabablari
Fitnes murabbiyi, harakatlanish bo‘yicha mutaxassis, “Masha.fit” onlayn o‘quv loyihasi asoschisi Mariya Blinova bel og‘rishining ko‘pchilik bilmaydigan sabbalari haqida ma’lumot beradi.
Foto: Getty ImagesNoto‘g‘ri nafas olish
Ko‘pchilik qorin, ko‘krak orqali yoki elka va bo‘yin orqali nafas oladi. Orqa va bel ham nafas olishini ko‘pchilik bilmaydi ham. Nafas olish ham oddiy, ham murakkab jarayon. Asosiy nafas olish organi diafragma bo‘lib, u harakati tufayli o‘pkaga havoni nafas olish/chiqarish imkonini beradi. Diafragma tos diafragmasi va qorin mushaklari bilan birgalikda ishlaydi, ya'ni nafas olish va chiqarishning har bir harakati butun ko‘krak va qorin bo‘shlig‘ida harakatni hosil qiladi. Qovurg‘alar, qorin bo‘shlig‘i, orqa va beldagi bosim, agar tananing bu qismlari siqilmasa, teng taqsimlanadi. Aks holda havo qarshilik kamroq bo‘lgan joyga yo‘naltiriladi.
Agar belingiz nafas olishda ishtirok etmasa, uni to‘qima hujayralariga ozuqa moddalarini optimal yetkazib berishdan va parchalangan mahsulotlarining chiqib ketishidan mahrum qilasiz.
Kuraklar harakatsizligi
Yelkaning har bir harakati kurakdan boshlanadi. Agar kuraklar harakatsiz bo‘lsa yoki yopishib qolgan bo‘lsa-chi?
Kuraklar ko‘p sonli mushaklar bilan o‘ralgan bo‘lib, ular nafaqat orqa tomonda, balki qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Shunday qilib, kuraklar harakatining buzilishi mushaklarning nomutanosibligini keltirib chiqaradi. Natijada orqa mushaklar orkestri muhim instrumental qismni yo‘qotadi va endi “ovoz” yaxshi chiqmaydi.
Noto‘g‘ri qadam tashlash
Mashhur qo‘shiqda aytilganidek, “Men sevgilimni yurishidan taniyman”. Darhaqiqat, har birimiz o‘ziga xos harakat uslubiga egamiz.
Qadam — bu boshqariladigan oldinga harakat qilishdir. Har bir qadam ko‘krak sohasi aylanishi va yelkani oldinga tashlash bilan boshlanadi, so‘ngra oyoqdan pastga tushadi. O‘ylab ko‘ring: yurganingizda ko‘kragingiz qimirlayaptimi?Yoki sumkangizni yelkangizga osib, boshingizni yerga egib, ishga shoshilib ketyapsizmi?Bunaqasi ketmaydi, ayniqsa bunday holatda 10 ming qadamni muvaffaqiyatli bosib o‘tdim deb o‘ylasangiz. Bunday hollarda nafaqat bel, balki bo‘yin va yelkalar ham og‘riydi.
Manba