Eritrazma kasalligi nima sababdan paydo bo‘ladi? Mutaxassis javob beradi
“Eritrazma” yunon tilidan tarjima qilinganda “qizil rang” ma’nosini anglatadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi inson terisining normal mikroflorasining bir qismi bo‘lgan corynebacterium minutissimum hisoblanadi. Ular inson terisining o‘layotgan hujayralari bilan oziqlanadi, agarda kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar paydo bo‘lsa, patogen xususiyatlari rivojlanadi.
Foto: “Neyrodoktor”Kasallik qo‘zg‘atuvchisining faollashish sabablari:
- teri himoya xususiyatining zaiflashishi;
- issiq havo va yuqori namlik;
- terlashning buzilishi;
- qandli diabet kabi surunkali kasalliklarning mavjudligi;
- terida har xil yara-chaqa, toshmalar paydo bo‘lishi;
- teri tozaligiga e’tibor bermaslik;
- semizlik.
Davo choralari
Antimikrob ta’sirga ega bo‘lgan maz, kremlardan foydalaniladi. Eritrazma kasalligini davolashda ultrabinafsha nurlari faol ishlatiladi, bu dezinfeksiyalash va quritish natijasini beradi. Issiq kunlar mavsumida shifokor bemorga “quyosh hammomi” muolajasini tavsiya etishi mumkin, uni kun davomida bir necha marta olish kerak.
E’tiboringizni muhim masalaga qaratmoqchiman, eritrazma kasalligi boshqa teri kasalliklariga juda o‘xshash. Shuningdek, boshqa teri kasalliklari bilan qo‘shilib kelishi mumkin bo‘lganligi uchun shifokorga murojaat qilib, uning kuzatuvida davolanish kerak.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.
Manba