Salomatlik Salomatlik Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 235


Homiladorlikda ortiqcha iste’mol qilingan shakar bolaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Аmerikalik olimlar olib borgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, homilador ayol ko‘p shakar iste’mol qilsa, bolaning kognitiv qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu, ayniqsa, xotira va o‘rganishda aks etadi. Kognitiv qobiliyat insonning bilim salohiyati bo‘lib, xotira, diqqat, sezish, tasavvur qilish, fikrlash, nutq, ko‘rish kabi jarayonlardan iborat. Bular insonga ma’lumotlarni qabul qilish, to‘plash, saqlash, tahlil qilish, o‘rganish imkonini beradi.

Foto: Getty Images

Homiladorlarning shakar, ayniqsa, tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan turli ichimliklarni ichishi olimlarni tashvishlantirmoqda. Glyukoza miya uchun asosiy energiya manbai bo‘lishiga qaramay, uning ortiqcha miqdori miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xo‘sh, homiladorlik va bolalikda bu qanday namoyon bo‘ladi?Ushbu tadqiqotning maqsadi homiladorlarning shakar iste’mol qilishi va bolalarning kognitiv funksiyasi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganish edi. Tadqiqotchilar 1000 dan ortiq homiladorlarning ratsionini o‘rganib chiqdi va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning aqliy qobiliyatini “Kaufman testi” deb nomlangan maxsus sinovlardan o‘tkazdi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, olimlar quyidagi xulosalarga keldi:

Bo‘lajak onaning shakar va tarkibida ko‘p shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar iste’mol qilishi oqibatida og‘zaki xotira yaxshi rivojlanmagani, harakatchanlikning kamligi, atrofni vizual idrok qilish va eslab qolish yomonlashgani, yuz ifodasi, ishora, intonatsiya bilan bajariladigan ko‘nikmalarning va nutqda lug‘at boyligining cheklangani hatto 7 yashar bolalarda ham kuzatilishi aniqlandi.

Аksincha, meva va sabzavot iste’mol qilganlarning maxsus test sinovlari bo‘yicha natijalari yuqori darajali bilim, so‘z boyligining ko‘pligi va og‘zaki xotiraning yaxshiligini ko‘rsatdi. Tadqiqotchilar bu meva iste’mol qilish, mevalarda nafaqat fruktoza, balki ko‘plab boshqa modda va antioksidantlar borligi bilan bog‘laydi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.