Ayniqsa sovuq mavsumda tanqisligi kuzatiladigan D vitamini haqida nimalarni bilish kerak?
Yoz kunlarida D vitamini bilan bog‘liq muammo bo‘lmaydi. Quyosh nurlari ta’sirida ushbu vitamin organizmda ishlab chiqariladi. Ammo sovuq kunlarda bu vitaminga bo‘lgan tanqislikni qanday qondirish mumkin?Ushbu savolga nutritsiolog Jeki Makkasker javob beradi.
Foto: VogueSuyak to‘qimalarini mustahkamlashda muhim sanalgani sabab ham kattalarda ushbu vitaminning yetishmasligi jiddiy muammo sanaladi. Hatto ba’zi vaqtlarda osteoporozga ham olib kelishi mumkin.
Ammo ushbu vitaminning suyaklarni mustahkamlashdan tashqari boshqa xususiyatlari ham bor. “Zamonaviy tadqiqotlarda D vitamini ikkinchi darajali qandli diabet, qon bosimining ortishi, immun tizimi bilan bog‘liq muammolar, yuqori nafas yo‘llaridagi infeksiya va depressiya bilan kurashishda muhimligi, shuningdek, homiladorlik vaqtida foydali ekani aniqlangan”, — deydi Jeki Makkasker.
D vitaminini qanday qabul qilish mumkin?
Quyosh nurlari D vitaminining eng yaxshi manbai hisoblanadi. Ammo bu quyosh ostida haddan ortiq ko‘p vaqt o‘tkazish kerakligini bildirmaydi. Mutaxassisning aytishicha, terisining rangi oq bo‘lgan kishilarga quyoshli havoda 10 daqiqa sayr qilish kifoya qiladi. Bug‘doyrang teri egalarida esa melanin miqdori yuqori bo‘ladi va ular D vitaminini quyosh nurlaridan kamroq qabul qiladi. AQShdagi Milliy tibbiyot akademiyasi D vitamining kundalik dozasi 600 IU bo‘lishi kerakligini maslahat beradi.
Qanday mahsulotlarda D vitamini mujassam bo‘ladi?
100 gramm lososda taxminan 450 IU, bir finjon sutda esa 120 IU yaqin D vitamini bor. Ratsionga qizil ikra, tunets, jigar go‘shti, tuxumning sarig‘i, soya suti va qo‘ziqorinni kiritish tavsiya qilinadi.
Kimlarga D vitamini yetishmasligi mumkin?
Aksariyat hollarda bug‘doy rang teri egalariga D vitamini yetishmasligi mumkin. Gap shundaki, ulardagi epidermis ultrabinafsha nurlaridan himoya qiluvchi yagona qatlam hisoblanadi. Shuningdek, quyosh chiqishi kam kuzatiladigan shimoliy mamlakatlarda yashovchi odamlarda ham ushbu tanqislik kuzatilishi ehtimoli katta.
Ammo so‘nggi yillarda D vitaminli qo‘shimchalarni qabul qilish orqali tanqislik sezilarli darajada kamaydi. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, semizlikdan aziyat chekadigan insonlarga ham ushbu vitamin yetishmasligi mumkin. Shifokor Douson-Xyuzning qo‘shimcha qilishicha, tanqislikning kelib chiqishiga bulutli havo, ozon qatlami va havoning ifloslanishi singari ekologik omillar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Kasallikka kamroq chalinish uchun ko‘proq nimalar iste’mol qilish kerak?
- Vitamin, kletchatka va kalsiyga boy bo‘lgan karamda yana qanday foydali moddalar mujassam?
- Koronavirusga chalingan odamdan virus yuqmasligi uchun amal qilish kerak bo‘lgan 5 qoida
Manba