Salomatlik Salomatlik Jigar faoliyati uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar

Jigar faoliyati uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar

O'qildi: 277


Jigar faoliyati uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar

Qaysi mahsulotlar hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolardan biri — jigar faoliyatini yaxshilashi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Getty Images

Rang-barang sabzavotlar

Rang-barang sabzavotlar karatinoidlardan tashqari, sabzavotlarda jigar hujayralarini zararli radikallardan himoya qiluvchi, yallig‘lanish jarayonining oldini oluvchi antioksidantlarga ham boy sanaladi. Qolaversa, qarish jarayonini sekinlashtirgani sabab ham ratsionga qizil va olovrang sabzavotlar — sabzi, qovoq va bulg‘ori qalampirini kiritish tavsiya qilinadi.

Gulkaram

Gulkaram nafaqat jigar, balki butun organizm uchun muhim bo‘lgan vitamin va minerallarning koni sanaladi. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish jigar faoliyatini yaxshilab, o‘t suyuqligini jadal ajralishini ta’minlaydi, organizmdan shlaklarni chiqarishga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, parhezbopligi uchun sarvqomat bo‘lishni istaganlar ratsioniga kiritish tavsiya qilinadi.

Avokado

Antioksidant birikmalar, vitamin va foydali yog‘larning koni bo‘lgan avokado jigar hujayralarini tiklanishi va mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi, faoliyatini yaxshilaydi.

Suli yormasi

Suli yormasi kletchatka va jigarni zararlanishdan saqlaydigan beta-glyukanlarning koni sanaladi. Uning iste’moli kelib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, oshoqozn-ichaklar trakti, miya faoliyatini yaxshilab, vaznni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Sekin singadigan uglevodlar serobligi hisobiga uzoq vaqt qorinni to‘q tutadi.

Quritilgan mevalar

Quritilgan mevalar jigarning me’yoriy faoliyati uchun muhim bo‘lgan glyukoza, vitamin va minerallarning koni. Qo‘shimcha shakari bo‘lmagan tabiiy mahsulot, vitamin va kletchatkalarga boyligi bilan o‘ziga xosdir. Quritilgan o‘rik, qorag‘at va anjir, ayniqsa jigar uchun foydaning koni. Ammo kaloriyasi serob ekani sabab iste’mol borasida me’yorni bilish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir:

  • Ayniqsa sovuq mavsumda tanqisligi kuzatiladigan D vitamini haqida nimalarni bilish kerak?
  • C vitaminiga boy tabiiy mahsulotlar
  • Ismaloq, yong‘oq, jigar va B guruhi vitaminlariga boy boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.