Uzoq umr ko‘rish uchun yurak salomatligi haqida bilish kerak bo‘lgan 8 fakt
Yurak kasalliklari ko‘plab odamlarning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ladi. Aynan shu sabab ham ushbu a’zoning sog‘lom bo‘lishiga alohida e’tibor berish kerak.
Foto: “Domashniy ochag”Hatto vazningiz ortiqcha bo‘lmasa ham xavf yuqori bo‘lishi mumkin
Qondagi qand miqdori yuqori bo‘lsa, vazningiz me’yorda bo‘lgan taqdirda ham yurakda muammo kuzatilish xavfi yuqori bo‘ladi. Glyukoza xavfining yuqori ekani, yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfini orttiradi. Semizlik bezovta qilmagan bo‘lsa ham qondagi qand miqdorini o‘lchatib turing.
Shakar yurak uchun xolesterindan ham xavfliroq
Shirin mahsulot yoki tez singadigan uglevodlar iste’mol qilgandan keyin oshadigan insulin miqdori, qon-tomirlarga zarar yetkazishi mumkin. Yuragingiz haqida darhaqiqat qayg‘uradigan bo‘lsangiz, nafaqat xolesterin va shakar miqdorini ham nazorat qiling.
Uyquning yetarli bo‘lmasligi
Tiniqib uxlamaydiganlar, qisqa vaqtga nafas olishning to‘xtashi bilan namoyon bo‘ladigan apnoye bor yoki yo‘qligini tekshirtirib ko‘rishi kerak. Gap shundaki, apnoye yurak xuruji yoki insult kelib chiqishiga olib kelishi bunga esa kislorod yetishmasligi sabab bo‘lishi mumkin.
Homiladorlikning qiyin kechishi
Preklampsiya – yurak porogiga erta olib kelishi mumkin bo‘lgan yana bir xavflardan biri hisoblanadi. Shuningdek, volchanka yoki revmatoidli artriti borlar ham ehtiyot bo‘lishi, kardiolog ko‘rigidan o‘tishi kerak. Bunda salomatlik haqida ko‘proq qayg‘urish, yurakni sog‘lomlashtirishga harakat qilish kerak.
Qizil vino va shokolad
Antioksidantlarga boy ekani hisobiga qora shokolad va qizil vino yurak salomatligi uchun foydali. Lekin chindan ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi uchun me’yorni bilish, ortiqcha iste’mol qilmaslik kerak. Bir kunda bir necha bo‘lak shokolad kifoya qiladi. Me’yordan ortig‘i salomatlikka zarar yetkazishi mumkin.
Chekishni tashlash kerak
Chekishni tashlash yurak salomatligi uchun sezilarli darajada ijobiy ta’sir qiladi. Undan voz kechmaslik esa nafaqat yurak, balki butun organizm uchun zararli.
Doimiy ravishda stress yurakka zarar yetkazishi mumkin
Hamisha stressda bo‘lish, yurak salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Stress qon bosimiga ta’sir qilib, qondagi xolesterin va kortizolning ortishiga olib keladi. Bunda yurak-qon tomir kasalliklarining ortish xavfi yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham asabiylashmaslikka, yoga va meditatsiya bilan shug‘ullanishga harakat qiling.
Yurakning sog‘lom bo‘lishi tishlar salomatligiga ham bog‘liq
Kariyes, milklarning yallig‘lanishi yurak kasalliklarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Davolanmagan tishlar mitral klapanining infeksiyasiga olib kelishi bu esa chindan ham xavfli bo‘lishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Qon bosimini dorilarsiz pasaytirish uchun 8 tavsiya
- Qon bosimining oshishiga sabab bo‘ladigan 5 odat
- Bosh miya ichki bosimi oshganidan darak beruvchi simptomlar
Manba