Salomatlik Salomatlik Go‘sht iste’molidan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Go‘sht iste’molidan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

O'qildi: 257


Go‘sht iste’molidan voz kechilganda organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Go‘shtdan voz kechish salomatlikka qanday ta’sir qiladi?Bu haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot beradi.

Foto: Harper’s Bazaar

Hayvon yog‘idan farqli o‘laroq, o‘simlik yog‘i autointoksikatsiya keltirib chiqarmaydi, hazm jarayonida organizmni zaharlamaydi. Go‘sht iste’moli davomida oshqozon-ichak traktida zo‘riqish o‘simlik mahsulotlari yeyilganidan ko‘proq bo‘ladi. Shu sabab ham bir likopcha yog‘li steyk iste’molidan keyin oshqozon og‘ir bo‘lib qoladi. Ratsionda sabzavot, meva, dukkakli mahsulotlar bisyor bo‘lsa, hazm jarayonida odam o‘zini yengil his qiladi. Vegetarianlar gipertoniya, shakarli diabet va yurak-qon tomir kasalliklaridan kamroq aziyat chekadi. Vazn ortishi, yurak ishemik kasalliklarining kelib chiqish xavfi kam bo‘ladi. Shuningdek, o‘simlik mahsulotlari, ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi.

Yuqoridagi afzalliklarga qaramay, ratsionning balansda emasligi salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarga olib kelishi mumkin. Go‘shtdan voz kechgan odamlarda birinchi bo‘lib oqsil tanqisligi kuzatiladi. Birgina tovuq go‘shti iste’mol qilinganda organizm barcha aminokislotalar bilan to‘yinadi. Go‘shtdan voz kechilgandagi ikkinchi muammo esa temir moddasi tanqisligi hisoblanadi. Gap shundaki, chorva mahsulotlarida o‘simlik mahsulotlaridan tezroq singadigan temir mujassam bo‘ladi.

Shuningdek, omega-3 yog‘ kislotasining yetishmasligi ham eng asosiy kamchiliklardan sanaladi. Agar mol, qo‘y go‘shti o‘rniga baliq va dengiz mahsulotlari iste’mol qilinsa, muammo kuzatilmasligi mumkin. Agar ushbu mahsulotlar ratsionda bo‘lmasa, ko‘proq yong‘oq, dukkakli mahsulotlar, o‘simlik yog‘i va avokado bo‘lishiga e’tibor qarating.

Mavzuga doir:

  • O‘zingizni behol his etyapsizmi?Hayotiy quvvatni ko‘tarishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
  • Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab
  • Valeriankaga hojat yo‘q: Stressda yaxshi samara beradigan 8 mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.