Hammasi joyida: Kasallik alomati hisoblanmaydigan simptomlar
Sog‘liqni saqlashning birinchi va asosiy qoidasi – o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilishdir. Agar organizmda biror g‘ayrioddiy, noaniq yoki xavotirli alomatlar sezilsa, iloji boricha tezroq ko‘rikdan o‘tish kerak – bu o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolanishning muvaffaqiyatini belgilaydi. Ammo yana bir qoida bor: hech qanday holatda vahimaga tushmaslik kerak, hatto alomatlar qo‘rqinchli tuyilsa ham. Quyida qanday alomatlardan xavotir olmaslik kerakligini bilib olish mumkin.
Foto: PinterestKo‘krak qafasidagi og‘riq
Ko‘krak qafasida o‘tkir og‘riq kuzatilganda, birinchi navbatda, yurak xuruji taxmin qilinadi. Ammo bu og‘riqlar yurak xurujining boshqa belgilari bilan birga bo‘lmasa, bemor yetarlicha yosh bo‘lsa va diabet yoki yurak xuruji xavfini oshiradigan boshqa kasalliklarga ega bo‘lmasa, ko‘krak qafasidagi og‘riqlar, ehtimol, ko‘proq zararsiz kasalliklar bilan bog‘liq. Ko‘pincha, bu yurak urishi, stress, nevralgiya yoki hatto mashqlar paytida pektoral mushaklarning haddan tashqari kuchlanishida namoyon bo‘lishi mumkin. Ammo og‘riq bir necha kun ichida yo‘qolmasa, shifokor huzuriga borish lozim.
Yurakning tez urishi
Xuddi yuqorida ma’lum qilinganidek, bu alomat ham yurak kasalligi bilan bog‘liq emas. Taxikardiya stress, suvsizlanish, uyqu yetishmasligi yoki juda ko‘p kofein alomati bo‘lishi mumkin. Ammo yurak urishi nafas siqilishi bilan kechsa yoki bir necha kun ichida yo‘qolmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Qo‘llarning titrashi
Qo‘l titrashi Parkinson kasalligining asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lishiga qaramay, ushbu alomat paydo bo‘lganida qo‘rqishga shoshilmaslik kerak. Qo‘l titrashi qondagi glyukozaning pastligi yoki qalqonsimon bez faoliyatida buzilish, shuningdek, kofein va boshqa qo‘zg‘atuvchilarni ortiqcha iste’mol qilishdan kelib chiqishi mumkin. Ammo qo‘llarning titrashi harakatning sustligi va unutuvchanlik bilan birga kuzatilsa, nevrolog bilan maslahatlashishga arziydi.
Xotiraning yo‘qolishi
Inson yoshi ulg‘aygan sari xotira bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Buni hatto demensiyaning boshlanishi degan o‘y kelishi shubhasiz. Ammo xotiradagi kichik uzilishlar ko‘proq zararsiz sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Masalan, og‘ir yoki uzoq davom etgan stress tufayli so‘zlarni va qisqa muddatli xotirani topishda qiyinchiliklarga duch kelish odatiy holdir. Lekin uyga boradigan odatiy yo‘lni yoki yaqinlarning yuzini unutib qo‘yish kuzatilsa, soha mutaxassisiga murojaat qilish kerak.
Bo‘g‘imlardagi tovush
Agar bu og‘riqli bo‘lmasa, ortiqcha tashvishlanishning keragi yo‘q. Bo‘g‘imlarda havo to‘planishi tufayli harakat davomida qarsillab turadi. Agar bu ko‘p bezovta qilsa, mashqlar bajarish yoki iliq kompress qilish tavsiya etiladi. Ammo tovush effektlariga noqulaylik yoki og‘riq hissi qo‘shilsa, shifokor bilan maslahatlashib, artritni davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak.
Mavzuga doir:
- Nima sababdan salomatlik uchun shakardan voz kechmaslik kerak?
- Stress, charchoq va doimiy ravishda ochlikni his qilishga sabab bo‘ladigan boshqa omillar
- Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar
Manba