Sarimsoq, asal va D vitamini: Ularning qaysi biri immunitetni mustahkamlaydi?
Insonlar immunitet tizimi haqida hech qachon hozirgidek qayg‘urmagan bo‘lsa kerak. Koronavirus xavfi deyarli hamma joyda mavjud, ushbu kasallikka qarshi kurashish qobiliyati har qachongidan ham muhimroqdir. Shifokorlarning ogohlantirishiga ko‘ra, immunitet mustahkamlovchi dori vositalarining aksariyati foydali emas. Immunitetni mustahkamlashning eng yaxshi usuli jismoniy mashqlar, toza havoda sayr qilish, to‘g‘ri va to‘yimli ovqatlanishdir. To‘g‘ri ovqatlanish uchun, avvalo, ratsionga foydali hamda immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlarni kiritish lozim.
Foto: “Domashniy ochag”Olma
Shubhasiz, vitaminlarga boy olma mevasi sog‘liq uchun foydalidir va kletchatkalar ovqat hazm qilishni saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, olma po‘stlog‘i tish va milkdagi zararli so‘laklarni bartaraf etadi, bu nafaqat og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, balki yurakni himoya qilish uchun ham foydalidir. Ammo immunitet haqida nima deyish mumkin?Antioksidantlar, vitamin C va sink immunitet tizimi uchun haqiqatan ham foydalidir. Shuning uchun kuz va qishda kuniga kamida ikkita olma iste’mol qilish tavsiya etiladi.
D vitamini
Bu vitaminning foydalari ko‘pchilikka ma’lum. Suyaklarning salomatligi va mustahkamligi uchun muhim, metabolik jarayonlarda asosiy rol o‘ynaydi, mushaklar va bosh og‘rig‘ini yengishga yordam beradi. Bu yilgi bir nechta tadqiqotlar D vitamini koronavirus hujumidan oldin immunitetni mustahkamlashi mumkinligini tasdiqladi. Ehtimol, quyosh vitaminida burun shilliq qavatining himoya funksiyalarini oshirish qobiliyati mavjud – bu virusning nafas olish tizimi yo‘lidagi birinchi to‘siqdir. Ammo shifokorlarning ta’kidlashicha, D vitaminini ortiqcha qabul qilish xavfli bo‘lishi mumkin, ya’ni qonda kalsiyning to‘planishiga va natijada tromblar shakllanishiga olib keladi.
Asal
An’anaviy tibbiyotda eng keng tarqalgan dori-darmonlardan biri bu asal bo‘lib, u ko‘pincha shamollash, gripp va boshqa turdagi kasalliklar uchun tavsiya etiladi. Lekin bu haqiqatan ham foydalimi?Afsuski, aksincha: shakar, shu jumladan, tabiiy asal tarkibidagi shakar immunitet tizimini mustahkamlamaydi, balki bostiradi va shu bilan tananing himoya qobiliyatini pasaytiradi. Shuning uchun asal iste’mol qilganda ehtiyot bo‘lish va uni me’yordan oshirmaslik lozim.
Exinatseya
Ehtimol, eng mashhur immun tizimni mustahkamlovchilardan biri exinatseya o‘simligining quritilgan ildizlari va barglaridan olingan damlamadir. Ammo tadqiqotlar ushbu qo‘shimchaning faqat virusli kasalliklarning davomiyligini qisqartirishda, shuningdek, ularning kuchini kamaytirishda samaradorligini tasdiqladi. Profilaktik chora-tadbirlar borasida afsuski, hali hech qanday tasdiq yo‘q. Allaqachon kasal bo‘lgan bemorlar shifokor bilan maslahatlashgan holda ushbu dorivorni o‘simlkni qabul qilishi mumkin, ammo, afsuski, immunitetni mustahkamlashda foyda bermaydi.
Sarimsoq
Gripp va shamollashning oldini olish uchun tavsiya etilgan birinchi vosita sarimsoqdir. Sarimsoq sinkni o‘z ichiga oladi, bu o‘z navbatida immunitet tizimining holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi va tashqi hujumlarni yaxshiroq yengishga yordam beradi. Bundan tashqari, yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot rux yetishmovchiligi koronavirusning yanada og‘ir kechishiga hissa qo‘shishini va hatto o‘lim xavfini oshirishini tasdiqladi. Shuning uchun sarimsoq ratsionga qo‘shishga arziydi, agar, albatta, unga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa.
Mavzuga doir:
- Immunitetning zaiflashuviga sabab bo‘ladigan odatlar
- Kuzda immunitetni ko‘tarish bo‘yicha asqatadigan tavsiyalar
- Sovuq mavsumda shamollamaslik uchun amal qilish kerak bo‘lgan 6 ta oddiy qoida
- Kuzgi foyda: Salomatlik va immunitet uchun ahamiyatli bo‘lgan 5 mavsumiy sabzavot
Manba