Salomatlik Salomatlik Buyrak kasalliklarining dastlabki alomatlari

Buyrak kasalliklarining dastlabki alomatlari

O'qildi: 256


Buyrak kasalliklarining dastlabki alomatlari

Buyraklar tanada juda muhim vazifani bajaradi. Bir daqiqa ichida ulardan bir litr qon o‘tadi, doimiy ravishda toksinlar va zararli moddalardan tozalanadi. Biologik faol, xususan, renin – qon bosimini tartibga soluvchi, eritropoetin – eritrotsitlarning hosil bo‘lish tezligini tartibga soluvchi moddalar ishlab chiqaradi. Suv muvozanatini va qondagi natriy, kaliy, fosfor kabi minerallar konsentratsiyasini nazorat qilishga yordam beradi.

Foto: Getty Images

Buyraklar kasallanganda organizmning zaharlanish jarayoni boshlanadi. Organizmni toksinlar va zahardan tozalashga ichaklar, teri, o‘pka va jigar yordam bera boshlaydi, lekin bu a’zolar bunga moslashmagani tufayli o‘zi ham kasallanadi.

Buyrak kasalligining dastlabki belgilari:

  • peshob miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi, rangi to‘q jigarrang yoki rangsiz bo‘lishi;
  • shish paydo bo‘lishi, ko‘pincha qo‘l, oyoq, to‘piq, yuz va ko‘z ostida terining sarg‘ayishi;
  • muntazam charchoq va zaiflik;
  • bel va qorinning pastki qismida og‘riqlar;
  • terida tez-tez toshmalar toshishi, yallig‘lanish, qichishish;
  • ko‘ngil aynishi, ishtahaning bo‘g‘ilishi;
  • kamqonlik.
Buyrak kasalligining belgilari barchasi bir vaqtda kuzatilmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar to‘plamda ham, jadalligida ham farq qilishi mumkin.Buyrak kasalligi boshlang‘ich davrda peshob, qon tahlili va ultratovush yordamida tekshirish orqali aniqlanadi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Oyoqlarda shish paydo bo‘lishi qanday kasallikning alomati hisoblanadi?
  • Ko‘z ostida shish paydo bo‘lishining sabablari va davo choralari
  • Buyraklar salomatligi uchun foydali bo‘lgan 5 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.