Salomatlik Salomatlik Har kuni banan iste’mol qilish salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Har kuni banan iste’mol qilish salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 406


Har kuni banan iste’mol qilish salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Kaliy, kletchatka, C va B6 vitaminining koni hisoblangan banan iste’moli sog‘liq uchun qanchalik foydali ekani haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Marie Claire

Ikki dona bananda qancha miqdorda foydali minerallar mujassam?

  • 900 mg kaliy: 24 foiz;
  • 54 g uglevod: 18 foiz;
  • 2 g kletchatka: 24 foiz;
  • 28 g shakar;
  • 6 g oqsil: 4 foiz;
Jami 210 kkal bo‘ladi. Qolaversa, 2 foiz A vitamini, 3 foiz C vitamini, 2 foiz temir moddasi, 40 foiz B6 vitamini va 16 foiz magniyni o‘z ichiga oladi.

Organizm kaliy bilan to‘yinadi

Energiya bilan ta’minlashdan tashqari, kaliy yurak urishining me’yorda bo‘lishi, shakarni parchalash uchun organizmdan o‘z vaqtida insulin ajralishiga ham hissa qo‘shadi. Voyaga yetgan inson uchun kaliyning kunlik me’yori 3,500-4,700 mg hisoblanadi. Banan esa yuqorida ta’kidlanganidek kaliyning koni.

Saraton kasalliklarining kelib chiqish xavfi kamayadi

Barra sabzavot va mevalarni o‘z ichiga oladigan parhez saraton profilaktikasida muhim rol o‘ynaydi. Bananda esa kanserogenlar salbiy ta’sirining oldini olib, zararli radikallarga qarshi kurashishda ahamiyatli bo‘lgan C vitamini bisyor. Tarkibidagi kletchatka, hazm tizimi faoliyatini yaxshilab, yo‘g‘on ichakda saraton paydo bo‘lishining oldini oladi.

Yurak faoliyati yaxshilanadi

Kaliy va natriy balansi yurak salomatligi uchun muhim sanaladi. O‘tkazilgan tadqiqotda kuniga 4,069 kaliy qabul qilgan insonlarda yurak ishemik kasalligidan vafot etish xavfi yo‘q deganda 49 foizga kamayishi aniqlangan. C va B6 vitamini, kletchatkaga boy bo‘lgan banan yurak salomatligini yaxshilaydi.

Ham mazali ham foydali

Foydaning koni sanalgan banan mazali ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Tarkibidagi shakar tabiiy ekani sabab me’yordan oshirib yuborilmasa, salomatlikka salbiy ta’sir qilmaydi. Qolaversa, kletchatkalari hazm jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, qondagi qand miqdori keskin ko‘tarilishining oldini oladi.

Mavzuga doir:

  • Xolesterin miqdorini kamaytirishga va qon tomirlarni himoyalashda yordam beruvchi mahsulotlar
  • Uzoq umr ko‘rish uchun yurak salomatligi haqida bilish kerak bo‘lgan 8 fakt
  • Asal va sarimsoq aralashmasining organizm uchun foydali xususiyatlari


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.