Salomatlik Salomatlik Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar

Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar

O'qildi: 283


Bronxit, astma va buyrak bilan bog‘liq muammolar: stress tufayli yuzaga keladigan kasalliklar

“Barcha kasalliklar asabdan” iborasi hammaga tanish, lekin ko‘pincha u jiddiy qabul qilinmaydi. Stress – hozirgi davrda har bir insonning hayotida mavjud, bunga hamma o‘rganib qolgan. Shuning uchun ham asabiy holat odatiy deb hisoblanadi. Аmmo bu salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: Pinterest

Psixosomatika nima?

Psixosomatika – bu yunonchadan “ruhiyat va tana” ma’nosini bildiradi: psixologik omillar – shaxslar bilan munosabatlar, bajarilmagan istaklar, bostirilgan his-tuyg‘ular, ichki ziddiyatlar kabi ruhiy holatlarni tanaga salbiy ta’siridir.

Psixosamatika nazariyasi tomonidan ta’kidlangan halokatli his-tuyg‘ular haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Ular orasida vahima, g‘azab, aybdorlik hissi, sharmandalik – bularning barchasi tanada “siqish” mexanizmini ishga soladi. Vahima va g‘azabda yurak qanday “siqilishini” hamma biladi yoki qayg‘uga botganda yolg‘iz qolish istagi paydo bo‘ladi. Bu psixosamatikaning ishi.

Salbiy his-tuyg‘ulardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Biror kishi paydo bo‘lgan g‘azab, qo‘rquv, tashvishni bostirishga harakat qilmasin, baribir ular o‘zini namoyon qiladi. Bostirilgan g‘azab, alamga aylanadi, keyin esa tanani kasal qiladi. Ko‘pincha jigar, agar g‘azab o‘ziga qaratilgan bo‘lsa, yoki boshqalarga nisbatan bo‘lsa, yurak-qon tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar paydo bo‘ladi.

Yashirin alam va aytilmagan shikoyatlar doimiy yo‘tal, hatto surunkali bronxitga olib kelishi mumkin. Tajovuz, g‘azab uzoq vaqt bostirilsa, orada to‘satdan qo‘rqib ketish holati yuzaga kelsa, nafas qisilishi xurujlari paydo bo‘ladi, bu bronxial astma belgilaridir. Qo‘rquv, alam, g‘azab va boshqa salbiy his tuyg‘ular doimiy ravishda bo‘lsa, oshqozon, ichak, buyrak, yurak, qalqonsimon bez va boshqa a’zolarda kasalliklar paydo qiladi.

Аslida vahima, stress o‘z-o‘zini saqlab qolish uchun yaratilgan. Hayotga tahdid qilinganda, qonda stress gormonlari oshadi natijada yurak urishi tezlashadi, tez- tez nafas olinadi. Miyaga kislorod yetkazib berish oshadi, oshqozon torayadi, ortiqcha qon aylanmasligi uchun hazm qilish jarayoni to‘xtaydi, mushaklar kuchi oshadi. Ibtidoiy davrda odamlarning qo‘rquvga javob berishi juda muhim bo‘lgan, ular o‘ljaga hujum qilgan yoki qochgan.Psixosomatik kasalliklarni kelib chiqmasligi uchun asabni yaxshilash, bo‘lib o‘tayotgan salbiy holatlarni to‘g‘ri baholash va ularni yengish kerak.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Yotib telefon ko‘rish, ryukzak tutish va qaddi-qomatga zarar yetkazadigan boshqa zararli odatlar
  • To‘yib uxlashga xalaqit berib, noxush asoratlarni keltirib chiqaradigan omillar
  • Stress, charchoq va doimiy ravishda ochlikni his qilishga sabab bo‘ladigan boshqa omillar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.