Ko‘p ovqat yeb yubormaslikning oddiy usuli: bayram kunlari asqatadigan tavsiyalar
Odamlar orasida eng jiddiy parhezga ham rioya qila oladigan kefir va olma iste’molining o‘zi bilan cheklanishi mumkin bo‘lganlar yo‘q emas. Ammo hammada ham bunchalik iroda bo‘lavermaydi. Parhez tutib yurgan aksariyat kishilar biroz vaqt o‘tganidan keyin shirinlik iste’mol qilishni istashi mumkin. Cosmopolitan nashri mana shu toifaga kiradigan kishilarga asqatadigan tavsiyani e’tiboringizga havola qiladi.
Foto: FreepikMa’lum bo‘lishicha ishtahani bo‘g‘ish xususiyatiga ega bo‘lgan yalpiz bu borada sizga yordam berishi mumkin. Yalpizni —(yog‘i, choyi hatto saqich ham bo‘laveradi)doimiy ravishda hidlash ishtahani bo‘g‘gani hisobiga ham vaznga ijobiy ta’sir qiladi. Bu Uiling universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aniqlangan. Unda ishtirokchilar 2 guruhga bo‘linib, 5 kun davomida istalgan mahsulotni iste’mol qilgan. Bir guruh ishtirokchilar ikkinchisidan farqli ravishda har ikki soatda yalpiz hidlagan. Natijaga ko‘ra, yalpizni hidlagan ishtirokchilar bir hafta mobaynida boshqa guruhdagilarga nisbatan 3485 kaloriyaga kamroq ovqatlangan, qolaversa ular ochlik hissi u qadar bezovta qilmaganini ta’kidlagan. Ushbu tavsiya asosan Yangi yildagi bazm-u jamshid arafasida ayni muddao hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, buning qanday ish berishi ma’lum emas. Lekin taxminlarga ko‘ra yalpizning o‘tkir hidi miyani boshqa narsalar, xususan, ochlikdan chalg‘itadi.
Olimlarning yana bir xulosasiga ko‘ra, yalpiz motivatsiyani ham oshirish xususiyatiga ega. Ish samaradorligini oshirishi mumkinligi sabab ham yalpiz bilan bog‘liq ushbu tavsiyaga amal qilish tavsiya qilinadi.
Mavzuga doir:
- Organizmdagi toksinlardan xalos bo‘lish va bir necha kilogrammga ozish uchun 3 xil detoks retsepti
- Vazn o‘zgarmay turaversa, nima qilish kerak?
- Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?
- Diyetologlar hech qachon iste’mol qilmaydigan 5 mahsulot
Manba