Kartoshka va sut mumkin: Parhezsiz kaloriya miqdorini qanday kamaytirish mumkin?
Vazn kamaytirishning eng oson va samarali usuli – bu diyetani biroz to‘g‘rilash va uning kaloriya miqdorini kamaytirish, shuningdek, jismoniy faollikni qo‘shishdir. Har kuni yarim soat piyoda yurib, quyidagi tavsiyalarga amal qilinsa, bir oy ichida kutilgan natijaga erishish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Achchiq garmdori iste’mol qiling
Achchiq mahsulot tabiiy ishtahani bostiruvchi vositadir. Achchiq garmdorida mavjud kapsaitsin ishtahani kamaytirishga yordam beradi va natijada kechki ovqat kamroq tanovul qilinadi.
Yalpiz hidlang
Yalpizni yeyishga hojat yo‘q, faqat hidlash yetarli. Bir tadqiqot ishtirokchilari besh kun davomida har ikki soatda besh daqiqa davomida yangi yalpiz hidlaydi. Natijada hafta davomida ular 1800 kaloriya kamroq iste’mol qildi va ochlikning sezilarli darajada kamayganini qayd etdi. Shunday qilib, kunlik kaloriya miqdorini tabiiy va ehtiyotkorlik bilan kamaytirmoqchi bo‘lganlar, ovqatlanishdan oldin yalpizni hidlashi mumkin.
Chia urug‘ini salatlar yoki yogurtga qo‘shing
Barcha kletchatkaga boy mahsulotlar singari chia urug‘lari to‘yinganlik hissini tuyishga yordam beradi. Bu mayda urug‘lar oshqozonga tushib, hajmi 10 barobarga ko‘payadi va to‘qlik hissini beradi. Vazn yo‘qotish uchun yogurt yoki jo‘xori uniga chia qo‘shish mumkin.
Olma iste’mol qiling
Pektin, eriydigan kletchatka va suv – olma tarkibida bo‘lgan barcha foydali moddalar tezroq to‘yishga va ochlikni kamroq his qilishga yordam beradi. Shunday qilib, och qolganda olma iste’mol qilish haqidagi fikr haqiqatan ham o‘zini oqlaydi.
Gazlangan ichimliklardan saqlaning
Salomatlik va qomatning asosiy dushmani shirin gazlangan ichimliklardir. Ularni ichishni butunlay to‘xtatgan yaxshidir, lekin agar biron sababga ko‘ra ulardan voz kechish qiyin bo‘lsa, hech bo‘lmaganda ularning miqdorini kamaytirigan ma’qul.
Qora qahva iching
Odatiy qahvaga shakar va qaymoq qo‘shmang va qahva ichimliklaridan saqlaning: ularning ba’zilarida juda ko‘p kaloriya mavjud.
Sabzavot sharbatlarini ichishga odatlaning
Yangi sharbatlarni yoqtirasizmi?Sabzavotlar foydasiga mevalardan voz keching: ular kamroq kaloriya va shakarga ega. Shuningdek, sog‘liq uchun ko‘proq foyda keltiradi.
Sut ichishingiz mumkin
Albatta, yog‘siz emas!Birinchidan, sutda mushaklar uchun zarur bo‘lgan juda ko‘p protein mavjud, ikkinchidan, sut yog‘i tanadagi zararli yog‘ni jigarrang yog‘ga aylantirishga yordam beradigan foydali yog‘larning biri bo‘lib, u oxir-oqibat mushak to‘qimalari va energiya ishlab chiqarishda sarflanadi.
Kartoshkadan garnir tayyorlang
Ma’lumki, qaynatilgan yoki pishirilgan kartoshka vazn uchun amalda xavfsizdir, albatta, ko‘p iste’mol qilinmasa va go‘sht bilan birlashtirilmasa. Ammo yog‘da pishirilgan kartoshka xuddi shu yog‘ning atigi 5 foizini, qovoq yoki baqlajon esa 30 foizgacha yog‘ni o‘zida saqlab qoladi.
Mavzuga doir:
- Ko‘proq yuring: kuniga 10 ming qadam tashlashingizga yordam beradigan 5 ta tavsiya
- 18:00 dan keyin ovqatlanmaslik, ko‘p suv ichish, sport: ozish bo‘yicha eng keng tarqalgan fikrlar chindan ham asoslimi?
- 10 kunlik to‘g‘ri ovqatlanishdan keyin tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?
Manba