Qanday mahsulotlar miya salomatligi uchun zararli?
Odatda ratsiondan o‘rin olgan bir qancha mahsulotlar miya faoliyati uchun zararli bo‘lishi mumkin. Bular qaysi mahsulotlar ekanini e’tiboringizga havola etamiz.
Foto: “Domashniy ochag”Shakar o‘nini bosuvchi Aspartam
Agar ushbu nom notanish bo‘lsa, unda qo‘rqadigan hech narsa yo‘q degani emas. Aspartam diyetali mahsulotlar ishlab chiqarishda faol qo‘llanadigan eng keng tarqalgan ta’m beruvchilardan biridir. U past kaloriyali yogurt, shirinlik, shakarsiz gazlangan ichimlik, saqich, yo‘tal siroplari va hatto ba’zi multivitaminlar tarkibida mavjud. Ushbu modda juda shirin bo‘lib, deyarli kaloriyalarni o‘z ichiga olmaydi, shuning uchun vazn yo‘qotishni istaydiganlar uni juda yaxshi ko‘radi. Biroq aspartam tanadagi ortiqcha kilogrammdan ko‘ra ko‘proq zararli bo‘lishi mumkin. Modda neyrofiziologik faoliyatning asosiy regulyatorlari hisoblangan fenilalanin va aspartik kislota darajasini oshiradi.
Oq un mahsulotlari
Oq undan B vitaminlari, temir, magniy va E vitamini o‘z ichiga olgan ozuqa moddalariga boy kepak va mikroblar olib tashlanadi. Faqat kraxmalli endosperm qoladi, bu esa mahsulotning saqlash muddatini uzaytiradi. Qayta ishlangan un sezilarli darajada yuqori glisemik indeksga ega, ya’ni u qondagi qand miqdorini oshiradi, bu esa miya faoliyatini yomonlashtiradi va demensiya va Alsgeymer kasalligi xavfini oshiradi.
Qovurilgan taomlar
Albatta, ortiqcha vaznga ega bo‘lmaslik uchun vaqti-vaqti bilan qovurilgan taomlar iste’moli va fastfudlar ratsiondan chiqariladi. Ammo sport zalida o‘tkaziladigan qo‘shimcha bir-ikki soatlik mashg‘ulotdan so‘ng ortiqcha vazndan xalos bo‘lish bilan birga, qizarib pishgan ovqatlarni iste’mol qilish miya faoliyatiga zararli bo‘lishi mukin. Qovurilgan ovqatlarni muntazam iste’mol qilish qonda xolesterin darajasining oshishiga, yurak va qon tomirlari bilan bog‘liq jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Qon tomirlarining salomatligi bevosita miya sog‘lig‘iga bog‘liq.
Kam kletchatkali mahsulotlar
Kam kletchatkali ovqatlar yuqorida sanab o‘tilganlar kabi miya uchun zararli bo‘lmasa-da, ular ham eng sog‘lom tanlov emas. Kletchatkaga boy parhez iste’mol qilgan ovqatning hazm bo‘lishini sekinlashtiradi, bu organizmning insulin reaksiyasi pasayishiga olib keladi, bu oksidlovchi stress, diabet, surunkali yurak va miya kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Mavzuga doir:
- Sarimsoq, yong‘oq va qalqonsimon bez salomatligi uchun foydali bo‘lgan boshqa mahsulotlar
- Pomidor, zanjabil va qonni suyultiruvchi boshqa tabiiy mahsulotlar
- Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar
Manba