Uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan usullar
Butunjahon uyqu jamiyati kattalar uchun uyqu gigiyenasi qoidalarini ishlab chiqdi. Agar ularga amal qilinsa, muammolar tezda bartaraf etiladi.
Foto: PinterestBir vaqtda uyquga yotish va uyg‘onish
Dam olish kunlarida ko‘pchilik o‘ziga erkinlik beradi va deyarli tushgacha uxlaydi. Biroq olimlarning fikricha, bunday nomuvofiqlik tufayli ritm buziladi. Har kuni bir vaqtda uyg‘onish va uxlash uyqu sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.
Charchoqni his qilganda, biroz uxlab olish uchun tanaffus qilish
Qisqa uyqudan keyin tana kuchga to‘ladi. Biroq tushdan keyin uyqu 45 daqiqadan ortiq davom etmasligi kerakligini yodda tutish lozim.
Yomon odatlardan voz kechish
Mutaxassislar spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslikni va uxlashdan kamida to‘rt soat oldin chekmaslikni maslahat beradi. Shuningdek, ushbu odatlardan butunlay voz kechish yaxshidir.
Kofeinni kamaytirish
Butunjahon uyqu jamiyati yotishdan kamida olti soat oldin kofeinni iste’mol qilishni to‘xtatishni tavsiya qiladi. Shuni yodda tutish kerakki, u nafaqat qahvalarda, balki choy, gazlangan ichimliklar va hatto shokoladda ham mavjud.
Yotishdan oldin ovqatlanish
Albatta, yengil taomlarni tanovul qilish mumkin. Ammo yotishdan to‘rt soat oldin og‘ir, achchiq va shirin taomlar iste’mol qilmaslik kerak.
Uxlashdan oldin mashq qilish
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sport bilan muntazam shug‘ullanish kerak. Biroq yotishdan oldin jismoniy faoliyat uyqu sifatiga zarar yetkazishi mumkin.
Qulay o‘rin ko‘rpani tanlash
Agar yarim tunda issiq tufayli uyg‘onish holati kuzatilsa, odatdagi ko‘rpalarni o‘zgartirish vaqti keldi.
Yotoq xonasini ventilyatsiya qilish
O‘tkazilgan tadqiqotda, deraza ochiq bo‘lsa, uyqu sifati yaxshilanishi aniqlandi. Agar konditsioner bo‘lsa, u holda uxlash uchun eng mos bo‘lgan haroratni tanlash kerak.
Chalg‘ituvchi shovqin va yorug‘lik
Xonadagi elektronika uyquga xalaqit berishi mumkin. Misol uchun, miltillovchi raqamli soat, shovqinli kompyuter va albatta, yoqilgan televizor.
Uyqu oldidan gadjetlardan foydalanish
Smartfon yoki noutbukdan foydalanib, yotgan holda elektron pochta xabarlariga osongina javob berish mumkin. Biroq bu ish bilan bog‘lanishga olib kelishi mumkin.
Ushbu qoidalarga rioya qilish orqali uyqu sifatini yaxshilash mumkin, shuningdek, uning buzilishi va uyqu yetishmasligining oldi olinadi. Qolaversa, bu jiddiy sog‘liq muammolariga, jumladan, ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Mavzuga doir:
- Pishloq, shirinlik va kechasi iste’mol qilinganida uyqu sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa mahsulotlar
- Tezda va tiniqib uxlashga yordam beradigan foydali maslahatlar
- Kunduzi uyqu bosishining 5 sababi
Manba