Salomatlik Salomatlik Insultning dastlabki namoyon bo‘luvchi belgilari

Insultning dastlabki namoyon bo‘luvchi belgilari

O'qildi: 287


Insultning dastlabki namoyon bo‘luvchi belgilari

Insult kasalligi so‘nggi yillarda “yasharib” bormoqda. Insult bo‘lgan insonning atrofidagilari kasallikning dastlabki belgilarini bilishi va ularni aniqlab, eng qisqa vaqt ichida bemorni kasalxonaga olib borishi – uning sog‘ayishida va hattoki hayotini saqlab qolishida muhim rol o‘ynaydi.

Foto: Pinterest

Dastlabki belgilar:

Nutqning buzilishi. Insultga chalingan odamning nutqi o‘zgaradi. “Mast odam nutqi” deb ataladigan simptom paydo bo‘ladi. Bunda til hatto eng oddiy so‘zlarni ham noto‘g‘ri talaffuz qiladi.

Koordinatsiyaning yo‘qolishi. Ko‘pincha chayqalib yurish kuzatilishi mumkin. Odam bir tomonga og‘ib, oyog‘ini sudrab yura boshlaydi. Ba’zan tananing bir tomonida faoliyat yo‘qoladi. Аgar bemordan qo‘llarini ko‘tarish so‘ralsa, u buni qila olmaydi yoki ularni qiyinchilik bilan ko‘taradi.

Mimika o‘zgarishi. Yuz asimmetriyasi paydo bo‘lishi mumkin, insult bo‘lgan odam tabbasum qilganda og‘zining bir burchagi o‘zgarmaydi yoki pastga tushgan holatda bo‘ladi.

Ongning o‘zgarishi. Insult bo‘lgan odam noto‘g‘ri va g‘alati narsalarni gapirishi mumkin. Аyrim hollarda hushini yo‘qotadi.

Insult belgilari sezilgan zahoti shoshilinch tez yordamni chaqirish kerak. Shifokorlar kelguncha derazalar ochilib, kiyim yoqasi bo‘shatilishi lozim. Shuningdek, maksimal kislorod oqimini ta’minlash muhim. Ammo kasalxonaga olib borish tavsiya etilmaydi. Chunki bu maxsus brigada tomonidan amalga oshirilishi kerak. Insultni uy sharoitida davolamaslik kerak. Bu o‘z-o‘zidan o‘tib ketadigan kasallik emas.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.

Mavzuga doir:

  • Bilib qo‘ygan yaxshi: insultning oldini olish bo‘yicha 5 tavsiya
  • Yurak salomatligini mustahkamlash uchun amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta muhim qoida
  • Yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan kutilmagan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.