Salomatlik Salomatlik D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?

D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?

O'qildi: 291


D vitamini organizmga nima uchun kerak va u qanday qabul qilinadi?

Qish faslning oxiriga borib, avitaminoz muhim masalaga aylanadi. Shuning uchun organizmga zarur bo‘lgan D vitaminining kerakli miqdorini olish juda muhimdir. U nafaqat immunitetni mustahkamlash, balki metabolik jarayonlar, barcha tizimlarining normal ishlashi, soch va terining salomatligi uchun ham javobgardir. Yekaterina Yakovleva – ovqatlanish mutaxassisi ushbu vitaminni qabul qilishning barcha nozik tomonlari haqidagi savolga javob berdi.

Foto: Grazia

Afsuski, ayrim aholi o‘rtasida D vitamini yetishmasligi muammosi juda keskin. Quyosh nurlarining yetishmasligi unchalik yomon emas. Ammo muvozanatsiz va noto‘g‘ri ovqatlanish ushbu vaziyatni yanada kuchaytiradigan omil sanaladi.

Shu bilan birga, har bir kishi D vitaminini olishi kerak deb aytish mumkin emas: birinchi navbatda, bu elementning butun organizmdagi miqdorini aniqlash uchun tahlillar o‘tkazish kerak. Biroq, quyidagi alomatlarga ega bo‘lgan odamlar shifokorga borishni kechiktirmasliklari va imkon qadar tezroq tekshirish ishlarini boshlash tavsiya etiladi:

  • soch to'kilishi;
  • charchoq;
  • tez-tez shamollash;
  • asabiylashish;
  • uyquchanlik;
  • ko‘rishning pasayishi.
D vitaminini ratsionga qo‘shish

Tahlil natijalari ko‘ra, vitaminning me’yoriy dozasini tanlashga yordam beradigan shifokor bilan, so‘ngra ratsionni qayta tuzish uchun ovqatlanish mutaxassisi bilan maslahatlashish zarur. Ushbu vitaminga boy oziq-ovqatlarni, masalan, skumbriya, qizil ikra, sariyog‘, tuxum va sut mahsulotlarini qo‘shib, ratsionni o‘zgartir mumkin. D vitamini yog‘da eriydigan moddadir va uni organizmda yaxshiroq singdirish uchun ovqat vaqtida iste’mol qilish kerak.

Ba’zida ratsiondagi o‘zgarishlar yetarli bo‘lmaydi, buning uchun tomchi yoki kapsulalar shaklida qo‘shimcha D vitamini olish kerak.

Dozasi

Profilaktik dozalar ham ajralib turadi: bolalar uchun bu vitaminning 500-800 IU, kattalar uchun esa 1000-2000 IU, ammo kuchli tanqisligi bilan ular, albatta, yangilanadi. Nima uchun o‘zboshimchalik qilib, dozasini oshirib bo‘lmaydi?

Birinchidan, bemorning o‘zi shifokor yoki ovqatlanish mutaxassisi biladigan organizmning xususiyatlarini hisobga olmaydi. Mutaxassis organizmga maksimal foyda keltiradigan dozani tanlash uchun bemorning turmush tarzi, vazni va yoshini inobatga oladi.

Ikkinchidan, surunkali kasalliklar mavjud bo‘lganda, beixtiyor zarar yetkazmaslik uchun biror narsa buyurish ham juda xavflidir. Misol uchun, agar siz uzoq vaqt davomida shifokor nazoratisiz juda katta dozalarni qabul qilsangiz, gipervitaminoz D bilan kasallanish xavfi tug‘iladi. Ushbu vitaminning ortiqchasi ichki organlarda kalsiy tuzlarining to‘planishiga olib kelishi mumkin va bu tosh paydo bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘ldir.

Vitamin komplekslari

D vitamini mustaqil ravishda ham, maxsus komplekslarning bir qismi sifatida ham olinishi mumkin. Misol uchun, bu vitamin organizmdagi kalsiy sinteziga bevosita ta’sir qiladi, shuning uchun tahlil natijalariga ko‘ra, kalsiyning yomon so‘rilishi mavjud bo‘lsa, D vitamini va kalsiy bilan komplekslardan foydalanish mantiqan to‘g‘ri.

D vitamini va omega-3 yog‘ kislotalarining kombinatsiyasi ham mashhurlik kasb etmoqda. Bunday kompleks terining, tirnoqlarning va sochlarning holatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Mavzuga doir:

  • Parhez vaqtida organizmda tanqisligi kuzatiladigan vitamin va minerallar
  • Qishdan keyin vitamin yetishmasligi: organizmga quvvat beradigan mahsulotlar
  • Qishdan keyin vitamin yetishmasligi: organizmga quvvat beradigan mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.