Salomatlik Salomatlik Qinni purkab yuvish

Qinni purkab yuvish

O'qildi: 2 461




Ayol jinsiy a'zolarini suv yoki maxsus suyuqlik bilan purkab yuvishi keng qo'llaniladigan usul. Eng ko'p tarqalgan usul qinni sodalik suv bilan purkash.

Jinsiy a'zolarni purkab yuvish mumkinmi?
Ko'pchilik ginekologlar bunga qarshi chiqadilar. Jinsiy a'zolarni purkab yuvish tufayli qindagi kerakli bakterial holat buzuladi, sog'lom kislotalik yo'qoladi. Sog'lom qinda yaxshi va yomon bakteriyalarning mutanosibligi muhim. Ushbu mutanosiblik qinni infeksiya va yallig'lanishdan asraydi. Purkab yuvilish natijasida ushbu mutanosiblik buziladi. 

Qanday muammolar jinsiy a'zolarni tez-tez purkab yuvish natijasida yuzaga keladi?
  • Bakterial vaginoz
  • Toz a'zolarining yallig'lanishi
  • Muddatidan oldin bola tug'ilishi
  • Bachadondan tashqari homiladorlik
  • Jinsiy infeksiyalar tarqalishi
  • Qindagi quruqlik.
Jisniy a'zodagi yoqimsiz hid(ortiqcha ajralma, qichinish,og'riq)dan qutilish uchun qinni biron maxsus suyuqlik bilan purkash mumkinmi?
Yo'q. Bu yo'l bilan muammoni hal etib bo'lmaydi. Purkab yuvinish ovqali muammoning yuzaki alomatlarini vaqtinchalik yo'q qilish mumkin. Uning asosida yotuvchi kasallik esa davolanmay qoladi, eng yomoni kuchayib boradi ham.
Agar sizda quyidagi alomatlar bo'lsa, ginekologga murojat etish lozim:
  • O'ta yoqimsiz hidlik qin ajralmasi;
  • Yashil rangdagi yoki tvorogsimon ajralmalar;
  • Qin qichinishi;
  • Qin achishi;
  • Jinsiy a'zolarning qizarishi, shishi, yonishi;
  • Siyish jarayonidagi noqulaylik;
  • Jinsiy aloqa davomida og'riq.
Ushbu alomatlar biron infeksiya rivojlanayotganidan dalolat berishi mumkin.
Shifokor ko'rigiga borishdan oldin purkab yuvinish mumkin emas. Chunki bunda shifokor qindagi haqqoniy holatni ko'ra olmaydi. 

Jinsiy a'zolarni to'g'ri tozalash usuli qanday?
Oddiy iliq suvda tahorat qilish eng to'g'ri usul. Qin ichidagi ortiqcha suyuqlik, qon yoki spermatozoid qoldiqlarini qinni o'zi chiqarib tashlaydi. Qindagi flora o'zini-o'zi tozalash hususiyatiga ega. 
Qin ichiga o'rnatiladigan hayz tamponlari zararli hisoblanadi. Ular yallig'lanish imkonini oshiradi.

Jinsiy a'zolarni jinsiy aloqadan oldin yoki keyin (soda yoki biron tibbiy vosita yordamida) purkab yuvish orqali jinsiy infeksiyalardan saqlansa bo'ladimi?
Yo'q. Aksincha uning natijasida qindagi normal muhit buziladi va infeksiya bilan zararlanish ehtimoli ortadi. 

Jinsiy aloqadan so'ng limonlik yoki sodalik suv bilan qin purkab yuvilsa homiladorlikdan saqlansa bo'ladimi?
Yo'q. Homiladolrikdan saqlanish uchun kontrasepsiya vositalaridan foydalanish lozim.

Jinsiy a'zolarni doimiy ravishda purkab yuvishning homiladorlikka ta'siri bormi?  
1. Homilador bo'lish qiyinlashadi;
2. Bachadondan tashqari homiladorlik rivojlanishi mumkin;
3. Bola muddatidan oldin tug'ilishi xavfi ortadi.
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.