Aql tishi nima uchun kerak va ularni oldirish zarurmi?
Aql tishlari — bizga uzoq o‘tmishdagi ajdodlarimizdan meros bo‘lgan “salom”ning bir turi. Ota-bobolarimizning jag‘lari biznikidan ancha kengroq edi va ovqatni maydalaydigan tishlarga ko‘proq kerak bo‘lgan. O‘tgan ming yilliklar davomida jag‘ning shakli o‘zgardi, tishlar uchun kamroq joy qoldi. Bu ba’zan aql tishi egalariga juda ko‘p noqulayliklar tug‘diradi. Xo‘sh, aql tishlar haqiqatan ham foydasizmi?Ularni oldirib tashlash kerakmi yoki bunga toqat qilish mumkinmi?
Aql tishlari — faqat bezak uchunmi?
Unchalik emas. Aql tishlari bo‘lgan yoki bo‘lmagan holda ovqatni chaynash qobiliyati deyarli o‘zgarmaydi, lekin umuman olganda, agar bu tishlar boshqa tishlarning o‘sishiga xalaqit bermasa, yonoqlarning shilliq qavatini shikastlamasa va noqulaylik tug‘dirmasa, ularni o‘z holiga qo‘ygan afzal. Jumladan, aynan aql tishlari kelgusida “ekstremal” tishlar o‘rnatishda ko‘prik sifatida foydalanish uchun juda qulaydir.
Aql tishlari yuz tuzilishiga ta’sir qiladimi?
Keng tarqalgan, ammo asossiz gap shuki, aql tishlari go‘yo yuzning shaklini “qo‘llab-quvvatlaydi”, agar ular olib tashlansa, yuz “osilib qoladi”. Aql tishlari jag‘ning ichki qismida joylashgan va yuzning shakliga hech qanday ta’sir qilmaydi.
Aql tishlari boshqa tishlarga xalal beradimi?
Xalal berishi mumkin va u juda jiddiy bo‘ladi. Faqat bitta holatda — aql tishlari mutlaqo normal o‘sib, rivojlansa, boshqa tishlarga ziyon qilmaydi. Ammo agar ular milk ichida qolsa yoki o‘ssa, lekin egri bo‘lsa, ertami-kechmi ular jag‘dagi boshqa barcha tishlarning holatiga ta’sir qiladi. Bu hamisha salbiy ta’sir hisoblanadi.
Aql tishlari o‘sganda, u doim og‘riydi — bu normal holatmi?
Aql tishlari bizning jag‘imizdagi sut “prototiplari” bo‘lmagan yagona to‘rtta tishdir. Va ularning yorib chiqishi deyarli har doim yoqimsiz his-tuyg‘ular bilan bog‘liq: tana haroratining 1-2 darajaga ko‘tarilishi, milkning shishishi, uning yallig‘lanishi, og‘riq va yutish qiyinligi, hatto, submandibulyar limfa tugunlarining yallig‘lanishi bilan kechishi mumkin.
Biroq, ko‘pincha ularning o‘sishi va yorib chiqishi xavfli bo'lishi mumkin bo‘lgan muayyan patologiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Ba’zida bu tishlarning o‘sishi milkdan yiring yoki qonning oqishi, til va yonoqlarning shikastlanishi, yonoqlarning shishishi va boshqa juda yoqimsiz his-tuyg‘ular bilan birga keladi. Hech qanday holatda ularga toqat qilmaslik kerak, darhol tish shifokoriga murojaat qilishingiz lozim.
Aql tishlarini oldirish kerakmi yoki yo‘q?
Agar tishlar normal o‘sadigan bo‘lsa, hech qanday noqulaylik tug‘dirmasa va boshqa yon tishlarga, og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qimalariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmasa, u holda oldirib tashlashning hojati yo‘q. Aslida, shifokorlar ularni olib tashlashni bir ma’noda tavsiya qiladigan uchta holat mavjud: tutilib qolganda(tishlar suyak yoki yumshoq to‘qimalarda to‘liq yoki qisman yashiringan bo‘ladi), distopiya(agar tish boshqa tishlarga nisbatan to‘g‘ri joylashmagan bo‘lsa)yoki ikkala shartni birlashtirgan patologiya. Boshqa barcha holatlarda, aql tishlarini saqlab qolish kerak — ular kelgusida yordam beradi!
Manba