Chaqaloqni kesarcha kesish va tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirishning ko‘pchilik bilmaydigan farqlari
Tug‘ilish vaqtida chaqaloq o‘zi bilan sodir bo‘lgan hamma narsani his qiladi va jarayonning og‘rig‘i(yoki aksincha)uning jismoniy holatiga ta’sir qiladigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Siqilish
Foto: AdobestockTabiat ayollarni juda avaylaydi. Tabiiy tug‘ilish paytida chaqaloqning tanasi siqiladi, bu o‘pkadagi suyuqlikdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Kesarcha kesish amaliyoti bilan tug‘ilgan chaqaloqlar bu bosimni boshdan kechirmaydi, shuning uchun o‘pkadan suyuqlikni olib tashlash uchun boshqa usullardan foydalanish kerak.To‘satdan bosimning pasayishi
Homila yo‘ldoshidagi suyuqlikda to‘qqiz oy bo‘lib, keyin to‘satdan havoga chiqqan chaqaloqning tanasi ham atmosfera bosimining keskin pasayishiga duch keladi.
Tabiiy tug‘ish paytida dunyoga asta-sekin chiqayotgan chaqaloq boshqa bosimga ko‘nikish imkoniyatiga ega bo‘ladi, uning tanasida zarur gormonlar ishlab chiqarila boshlaydi. Kesarcha kesish bilan u bunday imkoniyatga ega bo‘lmaydi, shuning uchun bosimning pasayishi tufayli miyada kichik qon ketishlar bo‘lishi mumkin.
Havo haroratining keskin o‘zgarishi
Foto: AdobestockTabiiy yo‘l bilan tug‘ilgan chaqaloq asta-sekin atrof-muhit haroratiga ko‘nikish imkoniyatiga ega. Garchi bu holatda ham pasayish hali ham keskin bo‘lib chiqsa-da, chunki ona qornida u issiq sharoitida bo‘lgan(bachadon ichidagi harorat + 37 ° C atrofida bo‘ladi), tug‘uruqxonadagi harorat esa baribir pastroq bo‘ladi.
Tortish va tortilish
Jarrohlik yo‘li bilan tug‘ilgan bolada bu holat ancha og‘riqsiz kechadi: uni tezda yorug‘likka chiqishi uchun tortib olish kerak emas. Doyalarning beparvoligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarohatlar xavfi deyarli nolga teng bo‘ladi.
“Yaxshi” bakteriyalarning yetishmasligi
Bola tabiiy ravishda tug‘ilganda, ona tanasining tug‘ilish kanali orqali o‘tayotganda, u juda ko‘p bakteriyalarga duch keladi, bu juda foydali: birinchidan, darhol uning immun tizimi bunga o‘rgana boshlaydi, ikkinchidan, boalning ichak mikroflorasi shu yerda shakllana boshlaydi.
Kesarcha kesish bilan chaqaloq bu bakteriyalarga duch kelmaydi, bu ba'zi hollarda bolaning sog‘lig‘iga ta'sir qilishi mumkin, masalan, disbiyozga olib keladi.
Ko‘karishlar
Foto: AdobestockTabiiy tug‘ilish natijasida, agar jarayon silliq kechmasa va chaqaloq tug‘ilishiga faol yordam berilsa, doyalar chaqalog‘ingizning tanasida iz qoldirishi mumkin. Jarrohlik operatsiyasi paytida, albatta, bunday narsa bo‘lmaydi, bu holda bolani olish uchun maxsus harakatlar talab etilmaydi.
Ona bilan birinchi aloqaning kechikishi
Hozirda ko‘proq shifokorlar yangi tug‘ilgan chaqaloqni onaning ko‘kragiga darhol berish - yaqin aloqa o‘rnatish, shuningdek, o‘z tanasini his qilib, tinchlanishi uchun qanchalik muhimligi haqida gapirmoqda.
Kesarcha kesish bilan bunday aloqa kechiktirilishi mumkin, chunki onaga tiklanish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Biroq bu kechikish ona va chaqaloq o‘rtasidagi aloqaga sezilarli ta'sir ko‘rsatishi dargumon, chunki bunday munosabatlar dunyodagi eng kuchli munosabatlardan biridir.
Kechiktirilgan oziqlantirish
Chaqaloqlar och holda tug‘iladi - odatda chaqaloq tug‘ilgandan keyin darhol onasi oziqlantiradi. Ammo bola kesarcha kesish natijasida tug‘ilgan bo‘lsa, unda ovqatlantirish kechiktirilishi mumkin, bu operatsiya vaqtida onaga berilgan dori-darmonlarga bog‘liq. Bundan tashqari, operatsiyadan so‘ng ayolning suti yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Foto: AdobestockAnesteziyadan keyingi uyquchanlik
Kesarcha kesish amaliyotida shifokorlar umumiy yoki epidural(umurtqa pog‘onasiga inyeksiya)behushlikdan foydalanishlari mumkin. Inyeksiya qilinganida, og‘riq qoldiruvchi vosita chaqaloqqa hech qanday ta'sir qilmaydi, ammo umumiy behushlikka olib kelishi mumkin, bu esa chaqaloq tug‘ilgandan keyingi birinchi kunlarda onaning letargik va uyquchan bo‘lishiga olib keladi.
Manba