Zaytun yog’i — foydasi, zararlari, tibbiy va kosmetologik ko’rsatmalar, tanlash qoidalari
O'qildi: 318
Zaytun moyi(yog’i) — Yevropa zaytuni (lot. Olea europaea) o’simligidan oliandigan o’simlik moyi. Yog’li kislota tarkibi bo’yicha olein kislotasi efirlari yuqori bo’lgan yog’ kislotalari triglitseridlari aralashmasini taqdim etadi. To’q-sariqdan sarg’ish-yashilgacha rangga va yengil achqimtir ta’mga ega.
Zaytun yog’i foydasi eng ko’p bo’lgan mahsulotlardan biri sifatida qadimdan mashhur. Undan tibbiyot, dietologiya va kosmetologiya sohasida faol foydalanilmoqda. Zaytun mevasi mikroelementlarga qanchalik boy ekanini hatto tasavvur ham qilmagan qadimgi yunonlar va misrliklar zaytunning noyob xususiyatlarini qadrlashgan va zaytun daraxtini ilohiy kelib chiqishiga ega deb hisoblashgan. Xo’sh, keling, afsonaviy qadimgi shoir Gomer tomonidan «suyuq oltin» deb nomlangan zaytun yog’i foydasi nimada ekanligini tushunishga harakat qilaylik.
Fenollar teri qarishini sekinlashtirib, uni silliq va ipakdek mayin qilishga yordam beradi, shuningdek, terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Sochlar uchun ham zaytun moyi mo’jizaviy vosita hisoblanadi. Har bir inson soch uchun eng oddiy oziqlantiruvchi niqobi retsepti bilan tanish bo’lsa kerak: zaytun va kungaboqar moyini teng miqdorda aralashtirib, bitta tuxum sarig’i yoki bir choy qoshiq asal qo’shish.
Natijada, sochlar zaytun moyini muntazam iste’mol qiluvchi va undan tayyorlangan niqoblarni tez-tez qo’llovchi ispan va italyan ayollarining mashhur bo’lgan sochlaridek jilva va mustahkamlikka ega bo’ladi. Sochga sog’lom ko’rinish va jilvakorlikni zaytun moyi tarkibidagi A va E vitaminlari bag’sh etadi. Zaytun moyining yana bir foydali xususiyatidan birini keltirmay bo’lmaydi — bu uni ko’pincha massaj va uqalashlar uchun ishlatilishidir. Moy terini yumshatadi va namlaydi, zararli moddalar chiqarilishini tezlashtiradi va bezlar sekretsiyasini yaxshilaydi.
Zaytun moyi, qolgan moylar kabi, tozalangan va tozalanmagan bo’lishi mumkin. Barcha foydali xususiyatlar faqat minimal issiqlik ta’siri ettirilganda saqlanib qoladi. Shu sababli, tozalanmagan yog’ga afzallik bering.
Bundan tashqari, qadoqda siz uchta yozuvdan birini ko’rish mumkin — virgin (tabiiy), refined (tozalangan) yoki pomace (kunjarali). Birinchi variantni tanlang.
Agar qadoqda «mix» so’zi yozilgan bo’lsa, unda bu moy turli xil navdagi moylarni aralashtirish orqali olingan bo’ladi, bu uning xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Zaytun moyining foydali xususiyatlari besh oy davomida saqalanadi, shuning uchun siz mahsulot ishlab chiqariladigan kunga alohida e’tibor qaratishingiz kerak.
Moyning kislotaligi qanchalik past bo’lsa, uning ta’mi shunchalik yumshoq bo’ladi. Zaytun moyining eng yuqori sifatli navlarida bu ko’rsatkich 0,8% ni tashkil etadi.
Eng yaxshi zaytun moyi bitta mamlakatda ishlab chiqariladi va qadoqlanadi. Mahsulotning kelib chiqishini IGP yoki DOP belgilari bo’yicha bilib olishingiz mumkin. IGP (Indicazione Geografica Protetta), zaytun moyi bir mamlakatda ishlab chiqarilgani, ammo boshqa mamlakatda qadoqlanganini anglatadi. DOP (Denominazione d ‘Origine Protetta) qisqartmasi moy bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan va qadoqlanganini ko’rsatadi.
Moyning sifatini uning rangi bilan aniqlashga harakat qilmang, bu xususiyatga zaytunning navi, mevalarining pishganligi va yig’im vaqti kabi omillar ta’sir qiladi.
Zaytun yog’ining foydali xususiyatlari shisha idishlarda eng yaxshi saqlanadi.
Manba
Fenollar teri qarishini sekinlashtirib, uni silliq va ipakdek mayin qilishga yordam beradi, shuningdek, terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Sochlar uchun ham zaytun moyi mo’jizaviy vosita hisoblanadi. Har bir inson soch uchun eng oddiy oziqlantiruvchi niqobi retsepti bilan tanish bo’lsa kerak: zaytun va kungaboqar moyini teng miqdorda aralashtirib, bitta tuxum sarig’i yoki bir choy qoshiq asal qo’shish.
Natijada, sochlar zaytun moyini muntazam iste’mol qiluvchi va undan tayyorlangan niqoblarni tez-tez qo’llovchi ispan va italyan ayollarining mashhur bo’lgan sochlaridek jilva va mustahkamlikka ega bo’ladi. Sochga sog’lom ko’rinish va jilvakorlikni zaytun moyi tarkibidagi A va E vitaminlari bag’sh etadi. Zaytun moyining yana bir foydali xususiyatidan birini keltirmay bo’lmaydi — bu uni ko’pincha massaj va uqalashlar uchun ishlatilishidir. Moy terini yumshatadi va namlaydi, zararli moddalar chiqarilishini tezlashtiradi va bezlar sekretsiyasini yaxshilaydi.
Zaytun moyining zararlari
Ushbu o’simlik eng foydali mahsulotlardan biri bo’lishiga qaramasdan, uning ortiqcha ishlatilishidan kelib chiqadigan ba’zi salbiy oqibatlarini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Zaytun moyini qo’llashda eng ehtiyotkor bo’lishi kerak bo’lgan shaxslar toifasi — o’t pufagining yallig’anishiga (xolesistit) chalingan bemorlardir. U kuchli safro haydovchi ta’sirga egaligi tufayli, kasallikni og’irlashtirib yuborishi mumkin. Zaytun yog’i dietologiyada keng qo’llanilishiga qaramasdan, bu mahsulotni kuniga ikki osh qoshiqdan ortiq iste’mol qilmaslik kerak, chunki bu mahsulot juda kaloriyalidir. Bundan tashqari, zaytun moyida qovurilgan mahsulot organizmga hech qanday zarar yetkazmasligi haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’lmang. Aslida, isitish natijasida har qanday moy, shu jumladan zaytun moyi ham nafaqat o’zining foydali xususiyatlarini yo’qotibgina qolmay, zararli ham bo’lib qoladi. Shu sababli, iste’mol qilish uchun termik ishlov berilmagan zaytun moyiga afzallik berish kerak. Shunga qaramay, mahsulotning barcha salbiy sifati faqatgina uni haddan tashqari ko’p iste’mol qilganda namoyon bo’ladi.Foydali zaytun moyini qanday tanlash kerak?
Zaytun moyining foydali ekanligiga ishonch hosil qilish uchun siz to’g’ri mahsulotni tanlashingiz kerak. To’g’ri tanlovni amalga oshirishga yordam beradigan bir qator qoidalar mavjud.Zaytun moyi, qolgan moylar kabi, tozalangan va tozalanmagan bo’lishi mumkin. Barcha foydali xususiyatlar faqat minimal issiqlik ta’siri ettirilganda saqlanib qoladi. Shu sababli, tozalanmagan yog’ga afzallik bering.
Bundan tashqari, qadoqda siz uchta yozuvdan birini ko’rish mumkin — virgin (tabiiy), refined (tozalangan) yoki pomace (kunjarali). Birinchi variantni tanlang.
Agar qadoqda «mix» so’zi yozilgan bo’lsa, unda bu moy turli xil navdagi moylarni aralashtirish orqali olingan bo’ladi, bu uning xususiyatlariga salbiy ta’sir qiladi.
Zaytun moyining foydali xususiyatlari besh oy davomida saqalanadi, shuning uchun siz mahsulot ishlab chiqariladigan kunga alohida e’tibor qaratishingiz kerak.
Moyning kislotaligi qanchalik past bo’lsa, uning ta’mi shunchalik yumshoq bo’ladi. Zaytun moyining eng yuqori sifatli navlarida bu ko’rsatkich 0,8% ni tashkil etadi.
Eng yaxshi zaytun moyi bitta mamlakatda ishlab chiqariladi va qadoqlanadi. Mahsulotning kelib chiqishini IGP yoki DOP belgilari bo’yicha bilib olishingiz mumkin. IGP (Indicazione Geografica Protetta), zaytun moyi bir mamlakatda ishlab chiqarilgani, ammo boshqa mamlakatda qadoqlanganini anglatadi. DOP (Denominazione d ‘Origine Protetta) qisqartmasi moy bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan va qadoqlanganini ko’rsatadi.
Moyning sifatini uning rangi bilan aniqlashga harakat qilmang, bu xususiyatga zaytunning navi, mevalarining pishganligi va yig’im vaqti kabi omillar ta’sir qiladi.
Zaytun yog’ining foydali xususiyatlari shisha idishlarda eng yaxshi saqlanadi.
Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.