Psixologiya haqida tushuncha — fanning predmeti, tarmoqlari, vazifalari
O'qildi: 434
Psixologiya (qad.yunon ψυχή — «ruh, qalb, ong, xarakter» va λόγος — «ta’limot») — odam va odamlardan iborat guruhlarning psixikasi va psixik faoliyatining funktsiyasi, rivojlanishi va yuzaga kelishi qonuniyatlarini o’rganadigan fan. Psixologiya tushunchasi murakkab bo’lib, u o’zida gumanitar va tabiiy fanlar yondashuvlarini birlashtiradi.
Psixologiya fani quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Fundamental psixologiya — ruhiy faoliyatning qonunlari, dalillar va mexanizmlarni aniqlaydi;
Amaliy psixologiya — fundamental psixologiya ma’lumotlariga tayanib o’rganadi;
Amaliyotli psixologiya — psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi.
Psixologiya tibbiyotning ruhiy buzilishlarni aniqlash va davolash bilan shug’ullanadigan psixiatriya va ruhiyat orqali organizmga terapevtik ta’sir o’tkazish yordamida kishilarni emotsional, shaxsiy va ijtimoiy tabiatli muammolardan xalos etish bilan shug’ullanadigan psixoterapiya bo’limi bilan chambarchas bog’langan.
Ruh (XVIII asrning boshiga qadar barcha tadqiqotchilar);
Ong fenomeni (ingliz empirik assotsianists psixologiyasi — D. Xartli, Djon Styuart Mill, Aleksandr Ben, Gerbert Spencer);
Sub’yektning bevosita tajribasi (strukturizm — Wilgelm Wundt);
Moslashuvchanlik (funktsionalizm — Uilyam Jeyms);
Ruhiy faoliyatning kelib chiqishi (psixofiziologiya — Ivan Mixaylovich Sechhenov);
Xulq (bixeviorizm — Jon Uotson);
Ongsiz ravishda (chuqur psixologiya: psixoanaliz — Zigmund Freyd, individual psixologiya — Alfred Adler, analitik psixologiya — Karl Gustav Yung);
Obrazlarni qayta ishlash jarayoni va ushbu jarayonlarning natijalari (geshtalt-psixologiya — Maks Vertgeymer);
Inson mavjudligi muammolari (gumansitik, jumladan, ekzistentsial psixologiya — Abraxam Maslou, Karl Rodjers, Viktor Frankl, Rollo Mey, ontopsixologiya — Antonio Menegetti va pozitiv psixologiya — Martin Seligman);
«Miya» axborot tizimi tomonidan axborotni qayta ishlash jarayonlari, insonning o’rganish qobiliyatlari (kognitiv psixologiya — Jorj Miller, Gerbert Saymon, Allen Nyuell, Noam Xomski, Devid Grin, Jon Swits va boshqalar);
V. A. Mazilovning fikricha, insonning ichki dunyosini ilmiy psixologiya predmeti deb hisoblash maqsadga muvofiq.
Psixik hodisalarning mohiyatini tushunishni o’rganish;
Ularni boshqarishni o’rganish;
Olingan bilimlardan amaliyotning turli sohalari samaradorligini oshirish uchun foydalanish;
Psixologik xizmat amaliyotining nazariy asosi bo’lish.
Ma’lumot to’plash usullari (o’z-o’zini kuzatish, kuzatish, faoliyat natijalarini o’rganish, hujjatlarni o’rganish, so’rovnomalar usuli, testlar usuli, tadqiqotlar, biografik usul);
Ma’lumotlarga ishlov berish usullari (statistik tahlil, boshqa matematik usullar);
Psixologik ta’sir ko’rsatish usullari (muhokamalar, treninglar, shakllantiruvchi tadqiqotlar, ishontirish, ongiga singdirish, relaksatsiya va boshqalar);
Elektronensefalografiya, tomografiya, magnitoensefalografiya va inson tanasidan o’ta oladigan 700-900 nanometr uzunlikdagi to’lqinli infraqizil spektroskopiya asosida miya va alohida neyronlar elektrofiziologiyasi.
O’rganish jarayonlari (hislar, tuyg’ular, e’tibor, g’oyalar, xotiralar, tasavvurlar, xotira, hayol, idrok etish, nutq, hissiyotlar, erkinlik, reflekslar);
Psixik xususiyatlar (qobiliyatlar, ilhomlanish, temperament, xarakter);
Psixik holatlar.
Umumiy psixologiyaning fundamental tarmoq sifatida paydo bo’lishi 1940-yilda «Umumiy psixologiya asoslari» nomli fundamental ishni yaratgan S. L. Rubinshteyn nomi bilan bog’lanadi. Psixologiyaning amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlari amaliydeb nomlanadi. Bunday tarmoqlarga, masalan, pedagogik psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, differentsial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, klinik psixologiya, huquqiy psixologiya, sport psixologiyasi va boshqalar kiradi.
Patopsixologiya;
Klinik psixologiya;
Psixosomatika;
Anomal rivojlanish psixologiyasi.
Neyrobiologiya, marakaziy asab tizimi fiziologiya va anatomiyasi bilan kesishadigan muammolar uchun:
Neyropsixologiya;
Psixofiziologiya.
psixologiyani antropologiya bilan bog’liqligi — psixologiyaning shaxs psixologiyasi kabi fundamental tarmoqg’i mavjuligi bilan bilan belgilanadi;
pedagogika bilan — ta’lim psixologiyasi;
defektologiya — maxsus psixologiya mavjudligi bilan;
tilshunoslik psixologiya bilan o’zaro ta’sirlashib, psixolingvistikani yaratadi;
huquqshunoslik bilan bog’liqligi psixologiyaning sud, jabrlanuvchi, jinoylatlarni tergov qilish psixologiyasi, kriminal psixologiya, patopsixologiya, tarmoqlarida yaqqol seziladi.
Mutaxassislik (5 yil to’liq, 6 yil sirtqi ta’lim, agar ikkinchi oliy ma’lumotligi bo’lsa, 3,5 yil ta’lim olish);
Bakalavriat (4 yil kunduzgi yoki 5 yil sirtqi kurslarda);
Magistratura dasturi (bakalavr yoki mutaxassisning malakasi mavjudligi shartida qo’shimcha 2 yillik qo’shimcha ta’lim);
Kasbiy qayta tayyorlash (to’qqiz oylik kurslar).
Manba
Fundamental psixologiya — ruhiy faoliyatning qonunlari, dalillar va mexanizmlarni aniqlaydi;
Amaliy psixologiya — fundamental psixologiya ma’lumotlariga tayanib o’rganadi;
Amaliyotli psixologiya — psixologik bilimlarni amaliyotda qo’llash bilan shug’ullanadi.
Psixologiya tibbiyotning ruhiy buzilishlarni aniqlash va davolash bilan shug’ullanadigan psixiatriya va ruhiyat orqali organizmga terapevtik ta’sir o’tkazish yordamida kishilarni emotsional, shaxsiy va ijtimoiy tabiatli muammolardan xalos etish bilan shug’ullanadigan psixoterapiya bo’limi bilan chambarchas bog’langan.
Psixologiya predmeti
Psixologiya fanining predmeti tarix davomida va turli xil psixologiya yo’nalishlari nuqtai nazaridan turlicha tushuniladi. Zamonaviy psixologiya uchun psixologiya predmetini izlash hali ham dolzarbligicha qolmoqda.Ruh (XVIII asrning boshiga qadar barcha tadqiqotchilar);
Ong fenomeni (ingliz empirik assotsianists psixologiyasi — D. Xartli, Djon Styuart Mill, Aleksandr Ben, Gerbert Spencer);
Sub’yektning bevosita tajribasi (strukturizm — Wilgelm Wundt);
Moslashuvchanlik (funktsionalizm — Uilyam Jeyms);
Ruhiy faoliyatning kelib chiqishi (psixofiziologiya — Ivan Mixaylovich Sechhenov);
Xulq (bixeviorizm — Jon Uotson);
Ongsiz ravishda (chuqur psixologiya: psixoanaliz — Zigmund Freyd, individual psixologiya — Alfred Adler, analitik psixologiya — Karl Gustav Yung);
Obrazlarni qayta ishlash jarayoni va ushbu jarayonlarning natijalari (geshtalt-psixologiya — Maks Vertgeymer);
Inson mavjudligi muammolari (gumansitik, jumladan, ekzistentsial psixologiya — Abraxam Maslou, Karl Rodjers, Viktor Frankl, Rollo Mey, ontopsixologiya — Antonio Menegetti va pozitiv psixologiya — Martin Seligman);
«Miya» axborot tizimi tomonidan axborotni qayta ishlash jarayonlari, insonning o’rganish qobiliyatlari (kognitiv psixologiya — Jorj Miller, Gerbert Saymon, Allen Nyuell, Noam Xomski, Devid Grin, Jon Swits va boshqalar);
V. A. Mazilovning fikricha, insonning ichki dunyosini ilmiy psixologiya predmeti deb hisoblash maqsadga muvofiq.
Psixologiya ob’yekti
Psixologiya fanining ob’yekti— turli ruhiy fenomen tashuvchilarning jamlanmasi bo’lib, ularning asosiylari xulq-atvor, faoliyat, katta va kichik ijtimoiy guruhlardagi odamlar o’rtasidagi munosabatlari hisoblanadi.Psixologiya vazifalari
Psixik hodisalarning mohiyatini tushunishni o’rganish;
Ularni boshqarishni o’rganish;
Olingan bilimlardan amaliyotning turli sohalari samaradorligini oshirish uchun foydalanish;
Psixologik xizmat amaliyotining nazariy asosi bo’lish.
Psixologiya usullari (metodlari)
Ma’lumot to’plash usullari (o’z-o’zini kuzatish, kuzatish, faoliyat natijalarini o’rganish, hujjatlarni o’rganish, so’rovnomalar usuli, testlar usuli, tadqiqotlar, biografik usul);
Ma’lumotlarga ishlov berish usullari (statistik tahlil, boshqa matematik usullar);
Psixologik ta’sir ko’rsatish usullari (muhokamalar, treninglar, shakllantiruvchi tadqiqotlar, ishontirish, ongiga singdirish, relaksatsiya va boshqalar);
Elektronensefalografiya, tomografiya, magnitoensefalografiya va inson tanasidan o’ta oladigan 700-900 nanometr uzunlikdagi to’lqinli infraqizil spektroskopiya asosida miya va alohida neyronlar elektrofiziologiyasi.
Psixologiya tarmoqlari
Zamonaviy psixologiya — bu ko’p tarmoqli fan hisoblanadi. Psixologiya tarmoqlari nisbatan mustaqil rivojlanayotgan yo’nalishlardir. Ular shartli ravishda fundamental (umumiy) va amaliy (maxsus)ga ajratiladi.
Psixologiyaning fundamental yo’nalishlari ruhiy hodisalarni o’rganishda umumiy ahamiyatga ega. Bu psixologiyaning barcha sohalarini birlashtiradigan va ularning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladigan bazisdir. Fundamental tarmoqlar odatda «umumiy psixologiya» deb ataladi. Umumiy psixologiya ko’rib chiqadigan asosiy tushunchalar quyidagilardir:O’rganish jarayonlari (hislar, tuyg’ular, e’tibor, g’oyalar, xotiralar, tasavvurlar, xotira, hayol, idrok etish, nutq, hissiyotlar, erkinlik, reflekslar);
Psixik xususiyatlar (qobiliyatlar, ilhomlanish, temperament, xarakter);
Psixik holatlar.
Umumiy psixologiyaning fundamental tarmoq sifatida paydo bo’lishi 1940-yilda «Umumiy psixologiya asoslari» nomli fundamental ishni yaratgan S. L. Rubinshteyn nomi bilan bog’lanadi. Psixologiyaning amaliy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlari amaliydeb nomlanadi. Bunday tarmoqlarga, masalan, pedagogik psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, differentsial psixologiya, ijtimoiy psixologiya, klinik psixologiya, huquqiy psixologiya, sport psixologiyasi va boshqalar kiradi.
Psixologiyaning fanlar tizimidagi o’rni
Psixologiyaning o’rni ikki xil an’analar bilan bog’liq. Birinchisi, tabiiy fan intizomi bo’lish, ikkinchisi kundalik psixologiya o’rnini egallash istagi. V V. Petuxov va V V. Stolinning ta’kidlashicha, har ikkala maqsad ham erishib bo’lmaydi.
Kundalik psixologiya bilan taqqoslaganda, ilmiy psixologiya psixik hayotni o’rganish uchun kontseptual va metodik apparatiga ega maxsus intizomni ifodalaydi. Shu bilan birga, psixologiya uning o’rganish ob’yekti o’z holatlarini ichki aks ettirishga qodirligi dalili bilan bog’liq xususiyatlarga ham ega. Ilmiy va kundalik psixologiya bir-biridan tubdan farq qiladi, biroq o’zaro bog’liqligini saqlab qolgan holda. Psixologiya tabiiy va gumanitar fanlar bilan ham bog’liqlikka ega. Psixologiya va tabiiy fanlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik insonning biologik tabiatiga asoslangan. Biroq insonning o’ziga xos xususiyati yana shundaki, u ijtimoiy mavjudot bo’lib, uning psixik fenomenlari ko’p jihatdan ijtimoiy shartlar bilan belgilanadi. Shu sababli bu fan gumanitar fanlar bilan ham bog’liq. Psixologiyaning o’ziga xos xususiyati — bu ob’yekt va sub’yektning mos kelishi, ya’ni o’rganish instrumenti sifatida refleksiyadan foydalanish talabi.Psixologiya va zamonaviy fanlarning o’zaro bog’liqligi
Falsafa
Psixologiya masalalari uzoq vaqt davomida falsafa doirasida ko’rib chiqilgan. Faqat XIX asrning o’rtalarida psixologiya mustaqil fanga aylandi. Ammo falsafadan ajralib chiqgan bo’lsada, u bilan yaqin bog’liqligi saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda falsafa bilan birgalikda o’rganilayotgan ilmiy muammolar mavjud. Ushbu muammolarga shaxs tushunchalari, hayot maqsadlari, mafkura, siyosiy qarashlar, axloqiy qadriyatlar va boshqalar kiradi. Psixologiya gipotezalarni tekshirish uchun eksperimental usullardan foydalanadi. Biroq, eksperiment usullar bilan hal etilmaydigan masalalar ham mavjud. Bunday hollarda psixologlar falsafaga murojaat qilishlari mumkin. Falsafiy-psixologik muammolar orasida inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson fikrlashining yuksak shakllari tabiati, jamiyatning insonga va insonning jamiyatdagi ta’siri kabilar mavjud.Sotsiologiya
Psixologiya ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. U sotsiologiya bilan ko’plab o’xshashliklarga ega. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxsni va inson munosabatlarini o’rganish usullarini oladi. Psixologiya ilmiy ma’lumot to’plashning an’anaviy ravishda sotsiologik deb hisoblanadigantadqiqot va so’rovlar kabi usullaridan keng foydalanadi. Psixologiya va sotsiologiya bir-biridan oladigan turli konsepsiyalar mavjud. Psixologlar va sotsiologlar milliy psixologiya, siyosat psixologiyasi, sotsializatsiya va ijtimoiy o’rnatmalar muammolarini birgalikda hal qiladilar.Tarix
Tarixiy fanlar ham psixologiya uchun muhimdir. Psixologiyada tarixiy usuldan foydalanish psixik fenomenlarning elementar shakldan murakkab shakllarga filo- va ontogenetik rivojlanishini o’rganishdan iborat. Tarix va psixologiya yaqinligining asosi — zamonaviy inson insoniyat taraqqiyotining mahsuliekanligi tushunchasidir. Psixologik hodisalarning tarixiy rivojlanishi masalalari ham evolyutsion psixologiya tomonidan o’rganiladi.Biologik fanlari
Psixologiya biologik ilmlar, jumladan, tibbiyot bilan chambarchas bog’liq. Psixologiyada ushbu fanlarning yutuqlaridan foydalanish psixologik hodisalar va ruhiy jarayonlar fiziologik jihatdan belgilanishiga asoslanadi.
Ruhiy va somatik salomatlikning o’zaro bir-biriga ta’siri haqida aniq ma’lumotlar mavjud. Ruhiy holat fiziologik holatga ta’sir ko’rsatadi. Psixikaning o’ziga xos xususiyatlari muayyan kasalliklarning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin (masalan, psixosomatik). Qayta bog’liqligi esa ko’pgina kasalliklar aqliy holatga ta’sir ko’rsatishi bilan tushuntiriladi. Psixologiya ayniqsa nevrologiya va psixiatriya bilan yaqindan bog’liq. Psixologiyaga katta hissa qo’shgan olimlar aksariyati asl mutaxassisligi bo’yicha nevrolog va psixiatrlar edi. Aynan asab tizimi va ruhiy kasalliklarni o’rganish psixikaning tuzilishi va faoliyatining asosiy xususiyatlarini va normal holatida yashirin qoladigan yoki aniqlash qiyin bo’lgan asab tizimining tuzilishi va faoliyati bilan aloqalarini aniqlashga yordam berdi. Psixiatriya bilan kesishadigan muammolarni o’rganish uchun psixologiyaning quyidagi tarmoqlari ajratiladi:Patopsixologiya;
Klinik psixologiya;
Psixosomatika;
Anomal rivojlanish psixologiyasi.
Neyrobiologiya, marakaziy asab tizimi fiziologiya va anatomiyasi bilan kesishadigan muammolar uchun:
Neyropsixologiya;
Psixofiziologiya.
Neyropsixologiya
Psixologiyada haqiqiy revolyutsiyani ham passiv (fMRT), ham faol (transkranial magnit stiumlyatsiya) noinvaziv tadqiq usullari paydo bo’lishi boshlab berdi. Ushbu usullar yordamida psixologlar birinchi marta oldin ob’yektiv ravishda o’rganish juda mushkul bo’lgan tafakkur, tush ko’rish, iroda erkinligi va hokazo kabi hodisalarni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar.Boshqa fanlar
Psixologiya ko’plab boshqa fan va ilmiy bilim tarmoqlari bilan faol o’zaro bog’liqlikka ega. Bu o’zaro bog’liqlik, birinchi navbatda, psixologiya fanlari nuqtai nazaridan ob’yektiv borliq qonunlarini psixologiya predmeti pozitsiyasidan o’rganuvchi ilmiy bilimlarning kesishuvchi, amaliy sohalari bo’lgan psixologiya tarmoqlarini yaratishda namoyon bo’ladi. Masalan:psixologiyani antropologiya bilan bog’liqligi — psixologiyaning shaxs psixologiyasi kabi fundamental tarmoqg’i mavjuligi bilan bilan belgilanadi;
pedagogika bilan — ta’lim psixologiyasi;
defektologiya — maxsus psixologiya mavjudligi bilan;
tilshunoslik psixologiya bilan o’zaro ta’sirlashib, psixolingvistikani yaratadi;
huquqshunoslik bilan bog’liqligi psixologiyaning sud, jabrlanuvchi, jinoylatlarni tergov qilish psixologiyasi, kriminal psixologiya, patopsixologiya, tarmoqlarida yaqqol seziladi.
Psixologlar
Psixolog — psixologiya sohasida ilmiy, psixologik yordam yoki amaliy tadqiqotlar sifatida professional faoliyatni amalga oshiradigan psixologik ta’limga ega shaxs. O’zini u yoki bu shaklda rasmiy psixolog deb atashga quyidagi shakl va darajalarda maxsus psixologik ta’lim olgan shaxslar huquqlidir:Mutaxassislik (5 yil to’liq, 6 yil sirtqi ta’lim, agar ikkinchi oliy ma’lumotligi bo’lsa, 3,5 yil ta’lim olish);
Bakalavriat (4 yil kunduzgi yoki 5 yil sirtqi kurslarda);
Magistratura dasturi (bakalavr yoki mutaxassisning malakasi mavjudligi shartida qo’shimcha 2 yillik qo’shimcha ta’lim);
Kasbiy qayta tayyorlash (to’qqiz oylik kurslar).
Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.