Salomatlik Salomatlik Bilib qo‘ygan yaxshi: shamollashni qanday qilib tezda davolash mumkin?

Bilib qo‘ygan yaxshi: shamollashni qanday qilib tezda davolash mumkin?

O'qildi: 345


Bilib qo‘ygan yaxshi: shamollashni qanday qilib tezda davolash mumkin?

Sovuq mavsumda shamollash, burun oqishi, yo‘tal, o‘tkir respiratorli infeksiyalar xavf solishi mumkin. Ammo qanday bo‘lmasin, davolanishni darhol boshlash kerak. Wday nashri bu borada foydali hisoblangan mutaxassis maslahatlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Wday

Tongda

  1. Agar tong qizargan tomoq va burun bitishi bilan boshlansa, tomoq va burun chayiladi.
  2. Ovqatdan yarim soat oldin propolis va suv aralashmasi — besh osh qoshiq suv va bir osh qoshiq propolis damlamasi ichiladi.
  3. Burun sho‘r suv bilan yuviladi.
  4. Nonushta uchun limonli choy va bir osh qoshiq na’matak siropi ichiladi.
  5. Dori vositalaridan yallig‘lanishga qarshilari yordamga keladi. Uydan chiqishdan oldin burunga maxsus tomchi quyiladi.
Shamollaganda iste’mol qilish tavsiya etiladigan mahsulotlar:

Sabzi. Karotin normasini to‘ldirish uchun, shuningdek, ismaloq, bulg‘or qalampiri va xurmo iste’mol qilish mumkin.

Go‘sht. Mol jigari, pishloq, baliq yog‘i organizmni omega-3 kislotalari va A vitamini bilan to‘ldiradi.

Qora smorodina. Shuningdek, kivi, apelsin, tuzlangan karam C vitamini tanqisligini to‘ldiradi.

Ustritsa. Rux normasini tiklashga yordam beradi.

Kunduzi

Agar bezovtalik ish kunida boshlangan bo‘lsa, kechqurunni kutmaslik kerak, darhol davolanishni boshlash lozim.

Askorbin kislotasi birinchi yordamni ta’minlaydi. Ammo tabletkalardan ko‘ra, qonga tezroq kirib boradigan va och qoringa qabul qilinganda zarar keltirmaydigan kukunni qabul qilish mumkin. Davolanishda 1 gramm askorbin kislotasi kerak bo‘ladi: u choy qoshig‘ida suv yoki limon bilan iste’mol qilinadi.

Agar ish joyida tomoq chayishning iloji bo‘lmasa, masalan, mentolli yod asosidagi ingalyatsiya spreyi yordam beradi.

Kechki payt

Kasallik kechasi kuchayishi mumkin.

  • Asal, limon, na’matak va smorodinali damlamalar tezroq tuzalishga yordam beradi.
  • Muhimi, issiq vannalar qabul qilmaslik kerak. Namlik bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi, ammo kasallik vaqtida ularning sonini imkon qadar kamaytirish lozim.
  • Lekin xantalli oyoq hammomi tavsiya etiladi. Issiq suvda 2 osh qoshiq xantal suyultiriladi va vaqti-vaqti bilan issiq suv qo‘shib, 15-20 daqiqa ushlab turiladi. Jarayondan so‘ng oyoqlarni sochiq bilan yaxshilab artib, quruq jun paypoq kiyishni unutmaslik lozim.
  • Uyquga yotishdan oldin bir necha sarimsoq va piyoz bo‘laklarga bo‘linib, yotoq yoniga qo‘yiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.