Salomatlik Salomatlik Tishlarni tozalashda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Tishlarni tozalashda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

O'qildi: 390


Tishlarni tozalashda deyarli hamma yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato

Tishlarni qordek oq, mustahkam va sog‘lom saqlash uchun ularni kuniga ikki marta yuvish kerak — bu hammaga bolaligidan ma’lum. Lekin hamma ham ularni to‘g‘ri tozalaydimi? “Novy ochag” nashri tishlarni tozalashda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni sanab o‘tdi.

Foto: Pinterest

Tishlarni yetarlicha uzoq cho‘tkalamaslik

Tavsiya etilgan cho‘tkalash vaqti ikki daqiqa, ammo deyarli hech kim bunga amal qilmaydi. Bundan tashqari, UCLA stomatologiya maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, hatto tishlarini yetarlicha cho‘tkalayman, deb o‘ylagan odamlar ham 30 soniyadan ko‘proq vaqt sarflaydi. Bu juda zerikarli va ko‘p hollarda unga sarflagan vaqtni to‘g‘ri baholab bo‘lmaydi. Shuning uchun taymerni o‘rnatish yoki hech bo‘lmaganda bir yuz yigirmagacha sanash kerak.

Tishlarni juda qattiq ishqalash

Cho‘tkalash paytida tishlarga juda ko‘p bosim o‘tkazayotganingizni tekshiring. Tish cho‘tkasiga juda ko‘p bosim berish ularni mukammal tozalashga yordam bermaydi. Ammo bu bilan tish emali va milkni osongina shikastlash mumkin.

Cho‘tkani noto‘g‘ri ushlash

Tish cho‘tkasini to‘g‘ri ushlash ularning sog‘lig‘iga ham ta’sir qiladi. Optimal burilish 45 graduslik burchak ostida bo‘lishi kerak. Shuning uchun bolalarga ham cho‘tkani qanday qilib to‘g‘ri ushlashni o‘rgatish lozim.

Qattiq tukli cho‘tkadan foydalanish

Yumshoq tukli tish cho‘tkalari faqat bolalar uchun deb o‘ylaysizmi?Stomatologlar bunday fikrda emas. Qattiq va hatto o‘rtacha qattiqlikdagi tish cho‘tkalari, qoida tariqasida, milkning yumshoq to‘qimalariga zarar yetkazishi mumkin, shuningdek, tishlardagi oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlolmaydi. Keyingi safar tish cho‘tkasini almashtirganda, yumshog‘ini tanlash tavsiya etiladi.

Juda katta cho‘tkasini tanlash

Hajmi ham muhim va ko‘p hollarda u kichikroq bo‘lgani yaxshiroq. Juda katta tish cho‘tkasi ichkaridagi tishlarga yetib bormaydi. Shuning uchun kichik cho‘tkadan foydalanish tavsiya etiladi.

Tish cho‘tkasini kamdan kam almashtirish

Stomatologlar tish cho‘tkasini yiliga to‘rt marta almashtirishni tavsiya qiladi. Nam muhit bakterial o‘sishni rag‘batlantiradi va vaqt o‘tishi bilan cho‘tka og‘iz bo‘shlig‘idan xavfli mikroorganizmlarni tozalashga yordam bermaydi, aksincha, ularni ko‘paytiradi.

Tish ipidan foydalanmaslik

Sizningcha, tishlar orasiga yopishib qolgan oziq-ovqat bo‘laklarini olib tashlash uchun ipdan foydalanish kerakmi?Stomatologlar boshqacha o‘ylaydi va tishlar orasiga to‘plangan qoldiqlarni tozalash uchun har safar tish ipidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Kechqurun tishlarni yuvmaslik

Ko‘pchilik ertalab tishlarini yuvadi, lekin muntazam ravishda kechqurun buni unutadi va shu bilan barcha harakatlar deyarli bekor bo‘ladi. Kuni bilan to‘plangan bakteriyalar tish va milkka zarar yetkazishi mumkin va ertalab tozalash esa muammoni bartaraf etishga yordam bermaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.