Salomatlik Salomatlik Nima uchun kunduzi uxlash zararli va bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Nima uchun kunduzi uxlash zararli va bu odatdan qanday qutulish mumkin?

O'qildi: 414


Nima uchun kunduzi uxlash zararli va bu odatdan qanday qutulish mumkin?

Yaqinda Guanchjou tibbiyot universitetining bir guruh olimlari kunduzgi uyquning inson salomatligiga ehtimoliy zararini ko‘rsatuvchi natijalar bilan o‘rtoqlashdi. Tadqiqot davomida mualliflar 313 651 nafar kishi ma’lumotlarini tahlil qildi. Ishtirokchilarning 39 foizi kun davomida muntazam ravishda uxlab qolgan va ularda yurak xastaligi hamda boshqa bir qator patologiyalar rivojlanish xavfi 34 foizga yuqori ekanligi aniqlangan, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Bugungi kunda ko‘plab shifokorlar ushbu xulosalarning to‘g‘riligiga shubha qiladi, ammo shunga qaramay, statistikaning o‘zi ham biroz tashvish uyg‘otadi. Kunduzgi uyquga qiziqishni yo‘qotish va normal uyg‘onish va dam olish rejimini qanday o‘rnatish haqida somnolog, terapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Cherkasova Sofiya Anatolyevna o‘z fikrlarini bildirdi.

Sabablarni aniqlaymiz: nima uchun odam kunduzi uxlashni xohlaydi?

Agar tushdan keyin darhol uyqu kelasa, bu, ehtimol, ikkita sababdan biriga bog‘liq.

Kechasi uyqu yetishmasligi

Eng keng tarqalgan variant: jahon statistikasi va tadqiqotlaridan biri shuni ko‘rsatadiki, shahar aholisining kamida 40 foizi ish haftasida uyqusizlik belgilarini boshdan kechiradi. Uyqu yetishmasligining salomatlikka salbiy ta’siri uzoq vaqtdan beri ishonchli tarzda o‘rganilgan, bular:

  • qarish jarayonini tezlashtirish;
  • immunitetning zaiflashishi;
  • yurak ishemik kasalligi, qandli diabet va gipertoniya rivojlanish xavfi ortadi.
Dam olish kunlarida yarim tungacha uyg‘oq bo‘lish va tushlikkacha uxlash mumkinga o‘xshaydi, ammo bu yerda boshqa muammo ham bor: ritmning buzilishi. Agar ma’lum vaqtdan ertaroq uxlab qolinsa va organizm uchun maqbul vaqtdan kechroq yoki ertaroq uyg‘onilsa, biologik soatning ishida buzilishlar paydo bo‘ladi. Natijada uyquchanlik va kasalliklarning rivojlanishi kuchayadi. Shuningdek, kunduzida uxlagan odamlar surunkali uyqusizlikni boshdan kechirishi mumkin va bu jiddiy sog‘liq muammolariga olib kelishi aniq.

Kechasi uyqu buzilishi

Agar kechasi uxlash uchun yetarli vaqt bo‘lsa, lekin kun davomida ham uxlash istagi tinch qo‘ymasa, bu bir qator kasalliklar mavjudligini ko‘rsatishi mumkin:

  • Uyqusizlik. Qancha vaqt yotish muhim emas: uyqu kelmasa, to‘yib uxlamaysiz;
  • Obstruktiv uyqu apne sindromi: uyqu paytida nafas olishda tez-tez pauzalar — kechasi 500 tagacha. Uxlash davomida nafas olish qiyinlashadi. Bunday vaqtda nafas olish jarayonini qayta boshlash uchun miya tez-tez uyg‘onishga majbur bo‘ladi, shuning uchun organizmni tiklash uchun mas’ul bo‘lgan chuqur uyqu kuzatilmaydi. Natijada zaiflik, charchoq, kunduzgi uyquchanlik, infarkt va insult xavfi ortadi.
Uyqu buzilishi kasallikdir. Agar uyqusizlik belgilari yoki mumkin bo‘lgan nafas olish qiyinlashishi, hurrak otish, yuqori qon bosimi, tungi terlash mavjud bo‘lsa, somnolog bilan bog‘lanishni unutmaslik lozim.

Kechasi to‘yib uxlash hamda kuzduzgi uyquchanlikni bartaraf etishga yordam beradigan 8 ta qoida:

  • Doimiy jadvalda uxlang. Bir vaqtning o‘zida yotish, bir vaqtning o‘zida uyg‘onish. Asta-sekin aniq rejim ishlab chiqiladi.
  • Uyqusizlikdan saqlaning. Agar yetarlicha uxlamayotganingizni his qilsangiz, kechagidan 15 daqiqa oldin yoting. 15 daqiqa ko‘p emas, bunday jadval almashinuvi rejalaringizga ta’sir qilmaydi, lekin bir hafta ichida deyarli 2 soat qo‘shimcha uxlab olish mumkin.
  • Sport bilan shug‘ullaning. Haftada 5-6 marta, o‘rtacha jismoniy faoliyat bilan shug‘ullaning.
  • Kofein iste’mol qilishni kamaytiring. Ayniqsa, tushdan keyin: shokolad, choy, kola, kakao, qahva va boshqalar;
  • Kechkipayt xotirjamlikka e’tibor qarating. Uxlashdan 2 soat oldin ishdan va jiddiy stressdan voz keching, yaqinlaringiz bilan muloqot qiling va uy ishlarini bajaring. Biroz piyoda yursangiz juda yaxshi. Yotishdan bir soat oldin yorug‘likni kamaytiring, bu uyqu gormoni — melatonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi;
  • Kechki ovqatni yotishdan 3-4 soat oldin iste’mol qiling. Kechki ovqatning kaloriya miqdori kunlik miqdorning 20 foizidan oshmasligi kerak;
  • Qulay uxlang. Yotoq xona qorong‘i, ventilyatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Shuningdek, yotoq o‘rni, yostiq ham toza va mos bo‘lishi kerak.
Kechasi uyquni yaxshilash va kunduzi uxlamaslikka harakat qilish lozim. Kunduzi esa 15-20 daqiqadan ko‘p uxlamaslik kerak. Bu bir soatlik uyqu kabi zararli bo‘lmaydi va organizmni tetiklantirishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.