Jigar salomatligini saqlashga yordam beradigan 12 ta tavsiya
Barcha mutaxassislar bir fikrda — jigar kasalligini davolashdan ko‘ra uning oldini olish yaxshiroqdir. “Domashniy ochag” nashri jigar salomatligini asrashda amal qilish kerak bo‘lgan 12 ta qoida bilan tanishtirdi.
Foto: “Domashniy ochag”Qo‘llarni yuvish
Tashqaridan uyga kirgandan so‘ng, hojatxonadan chiqqach, uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilgandan keyin, ovqat tayyorlash yoki ovqatlanishdan oldin darhol sovun va iliq suv bilan qo‘lni yaxshilab yuvish lozim.
Sog‘lom vazn saqlash
Agar to‘lacha yoki ortiqcha vaznli bo‘lsangiz, organizm jigar kasalligining eng ko‘p uchrayotgan shakllaridan biri bo‘lgan yog‘li jigar kasalligi xavfi ostida bo‘lishi mumkin. Og‘irlikni yo‘qotish jigarda yog‘ miqdorini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Muvozanatli ovqatlanish
Yuqori kaloriyali mahsulotlar, to‘yingan yog‘lar va tozalangan uglevodlarni iste’molini cheklash zarur. Ularning o‘rniga rezavor, meva, sabzavotlar, to‘liq donli nonlar va yetarli miqdorda kletchatka iste’mol qilish kerak. Go‘sht, sut mahsulotlari, to‘yinmagan yog‘lar(o‘simlik moylari, yong‘oq, urug‘ va baliqlarda mavjud)ni ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Shuningdek, yetarlicha suv ham ichish lozim.
Muntazam ravishda mashq qilish
Sog‘liqqa, mushaklarning rivojlanishiga va suyak kuchiga umumiy foydali ta’siridan tashqari, mashqlar yog‘ni eritishga yordam beradi va bu jigar yog‘ini ham kamaytiradi.
Toksinlardan saqlanish
Toksik moddalar jigar hujayralariga zarar yetkazishi mumkin. Tozalash va aerozol mahsulotlari, insektitsidlar va kimyoviy moddalardagi toksinlar bilan bevosita aloqa qilishni cheklash lozim. Shuningdek, chekmaslik, giyohvand moddalarni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
Spirtli ichimliklar voz kechish
Spirtli ichimliklar ko‘plab sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Ular jigar hujayralariga zarar yetkazadi va yo‘q qiladi. Spirtli ichimlik ichishni asta-sekin bo‘lsa-da, kamaytirish va butunlay to‘xtatish lozim.
Zararlangan ignalardan saqlanish
Tibbiyot maskanlarida foydalaniladigan jihozlar hamda uskunlar hamisha maxsus tozalash bosqichidan o‘tgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun ulardan foydalanish katta ehtiyotkorlikni keltirib chiqaradi. Aks holda organizm uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar osongina yuqtirilishi shubhasiz. Ushbu tavsiyalar kosmetolog huzuriga boradigan ayollarga ham tegishli. Turli muolajalar davomida barcha vositalar yangi va tozaligiga e’tiborli bo‘lish lozim.
Shaxsiy gigiyena vositalarini baham ko‘rmaslik
Misol uchun, ustara, tish cho‘tkasi va tirnoq kesish uskunasida qon yoki boshqa tana suyuqliklarining mikroskopik tomchilari bo‘lishi mumkin. Ulardan umumiy foydalanish turli xil kasalliklar yuqishiga olib keladi.
Barcha dorilar uchun ko‘rsatmalarga rioya qilish
Dori vositalari noto‘g‘ri qabul qilinganda yoki boshqa dorilar bilan birgalikda ichilganda, jigar xavf ostida qolishi mumkin. Hech qachon spirtli ichimliklarni dorilar bilan aralashtirmaslik kerak. Qabul qilinadigan retseptsiz dori-darmonlar, parhez qo‘shimchalari yoki o‘simlik preparatlari haqida shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Emlash
Gepatit A va gepatit B ga qarshi emlashlar mavjud. Ushbu imkoniyatdan foydalanish juda ham muhim. Afsuski, gepatit C virusiga qarshi emlash mavjud emas.
Mavzuga doir:
- Jigarda muammo borligini anglatuvchi simptomlar
- Gulkaram, suli yormasi va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan boshqa mahsulotlar
- Jigar sirrozi haqida hamma bilishi kerak bo‘lgan 6 fakt
Manba