Uzoq vaqt davomida uxlash organizm uchun xavflimi?
Dam olish kunlarida uxlashni ko‘pchilik butun hafta davomida orziqib kutadi. Albatta, kamdan-kam vaqtlarda ro‘y beradigan uzoq uyqu organizm uchun foydali bo‘lsa, bu odatdan tashvishlanishga hojat yo‘q. Ammo muntazam ravishda kuzatiladigan uzoq uyqu salomatlik bilan bog‘liq jiddiy narsa sodir bo‘layotganining belgisi bo‘lishi mumkin, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanNecha soat uxlash me’yordan ortiq hisoblanadi?
Afsuski, shifokorlar bu savolga aniq javob bera olmaydi. Qancha uxlash kerakligi ko‘plab omillarga bog‘liq, jumladan, genetika, yosh, sog‘liq, fitnes darajasi, faollik va odam duch keladigan stress darajasi.
Aksariyat insonlar uchun bir necha kun ichida to‘qqiz soatdan ortiq uyqu me’yordan ko‘p hisoblanadi. Biroq bu kasallikdan tuzalgan yoki uyqusizlikdan azob chekayotganlar uchun yaxshi natija.
Me’yordagi uyqu necha soat davom etishi kerak?
Ideal holda, 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan insonlar muntazam ravishda 7-9 soatgacha uxlashi kerak. Bolalar esa ko‘proq uyquga muhtoj va shuning uchun ular 8-10 soat davomida uyqu holatida bo‘ladi.
Foto: Harper’s Bazaar KazakhstanNega uzoq vaqt davomida uxlash xavfli?
Bir qator ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, ortiqcha uyqu quyidagi muammolarga olib kelishi mumkin:
- ikkinchi toifa qandli diabet;
- yurak kasalliklari;
- ortiqcha vazn;
- depressiya;
- bosh og‘rig‘i.
Manba