Salomatlik Salomatlik 4R dasturi: oshqozon va ichak faoliyatini tiklash uchun eng yaxshi parhez

4R dasturi: oshqozon va ichak faoliyatini tiklash uchun eng yaxshi parhez

O'qildi: 304


4R dasturi: oshqozon va ichak faoliyatini tiklash uchun eng yaxshi parhez

Shifokorlar uzoq vaqt davomida nafaqat jismoniy, balki ruhiy holat ham ovqat hazm qilish tizimining salomatligiga bog‘liqligini isbotladi. “Lisa.ru” nashri oshqozon va ichaklarni qanday qilib qo‘llab-quvvatlash kerakligini ma’lum qildi.

Foto: “Lisa.ru”

O‘chirish

Birinchi qadam ovqat hazm qilish muammolariga olib keladigan omillarni aniqlash va yo‘q qilishdir. Ular orasida:

Stress. Bu oziq-ovqatning o‘zini ham, undagi ozuqa moddalarining ham so‘rilishini buzishi mumkin. Ayniqsa, bu tez, juda ko‘p va kunning istalgan qismida ovqatlanadiganlar uchun tegishli.

Allergenlar. Oziq-ovqat allergiyasining mavjudligi ratsionda xavfli ovqatlar miqdorini istisno qilish yoki kamaytirish uchun sababdir. Agar allergiya bo‘lmasa-yu, lekin sezuvchanlik kuchli bo‘lsa, oziq-ovqat kundaligini yuritishga harakat qilish, odatdagi vaqtda ovqatdan so‘ng va ba’zi oziq-ovqatlardan saqlanayotganda alomatlarni yozib olish zarur. Umuman olganda, potentsial allergenlarga sitrus mevalar, tuxum, yeryong‘oq, baliq va tozalangan shakar kiradi.

Patogen organizmlar. Bu vazifa faqat yuqoriroq darajada harakat qilishga qaror qilganlar uchun foydali bo‘ladi. Ichaklarda bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsa bor yoki yo‘qligini tushunish uchun gastroenterolog bilan bog‘lanish va tegishli tadqiqotlarni o‘tkazish kerak.

O‘zgartirish

Ikkinchi bosqich — ovqat hazm qilish funksiyasini yaxshilash uchun ratsionga fermentlarni kiritish. Bugungi kunda ular nafaqat tabletkalar, balki bilogik qo‘shimcha ko‘rinishida ham mavjud bo‘lsa-da, birinchi navbatda mutaxassis bilan maslahatlashmasdan hech narsa qabul qilish mumkin emas.

Saqlash

Uchinchi bosqichda, 6-12 hafta ichida mikrofloraning sog‘lom muvozanatini tiklash uchun ichaklarni foydali bakteriyalar bilan to‘ldirish kerak. Eslatib o‘tamiz, mikroflora odatda ichaklarda yashaydigan va yetarli darajada hazm bo‘lishiga hissa qo‘shadigan mikroorganizmlar jamoasidir. Bunda sizga yordam beradi:

  • tuzlangan bodring, tuzlangan karam, kimchi, miso, yogurt, kefir va kombucha kabi fermentlangan mahsulotlar.
  • prebiyotiklar, shu jumladan oligosaxaridlar va fruktooligosaxaridlar(piyoz, banan, sarimsoq), arabinogalaktanlar(sabzi, turp, nok, makkajo‘xori, pomidor)va eruvchan kletchatkalar(suli, loviya, olma, qulupnay, yong‘oqlar).
  • probiyotiklar — laktobakteriyalar va atsidofil.
Qayta tiklash

Nihoyat to‘g‘ri ovqatlanish orqali organizmga ichak shilliq qavatini tiklashga yordam berish muhimdir. Butun jarayon bir oydan olti oygacha davom etadi va sog‘lom ovqatlanishdan tashqari omega-3 yog‘ kislotalari, rux va vitamin D ni hamtaklif qiladi. Ammo ularni qabul qilishdan avval shifokorlar bilan maslahatlashib ko‘rishni unutmaslik lozim.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.