Salomatlik Salomatlik Keksalarda suyak jarohatlari nega kech bitishining sababi aniqlandi

Keksalarda suyak jarohatlari nega kech bitishining sababi aniqlandi

O'qildi: 257


Keksalarda suyak jarohatlari nega kech bitishining sababi aniqlandi

Odatda keksa yoshli insonlarda suyaklar sinishi, darz ketishi va yorilishi bilan bog‘liq jarohatlarning bitishi uzoq vaqt talab etadi. Nemis olimlari buning sababini topdi. Qayd etilishicha, mazkur holat organizmda leykotsitlar tomonidan sintezlanadigan va inson immunitet tizimining bir qismi bo‘lgan ba’zi molekulalar bilan bog‘liq.

Tahlillarga ko‘ra, travmatologik muammolar orasida femur bo‘yni sinishining tiklanishi eng uzoq davom etadi. Germaniyada 80 yoshdan oshgan erkaklarning faqat 20 foizi va ayollarning esa atigi 40 foizi bunday jarohatdan keyin to‘liq sog‘lom hayotga qayta oladi.

Ma’lumki, sitokin molekulalari immunitet reaksiyalarining regulyatorlari hisoblanadi. Hozircha uning yuzdan ortiq turlari fanga ma’lum. Sitokinlar hujayra yuzasiga bir qancha signallarni yuboradi. Ularning har biri boshqa bir qator signallarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, degan taxmin mavjud. Berlin olimlari tomonidan jonivorlarda o‘tkazilgan tajriba davomida suyak to‘qimalarining birlashishiga ana shu molekulalar ta’siri o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, sitokin tana yallig‘lanishga qarshi himoya reaksiyasini susaytiradi. Oqibatda reabilitatsiya davri uzayadi.

Keksa yoshli insonlarda ana shu turdagi molekulalar darajasi oshishi aniqlandi. Ularga sitokinni zararsizlantiruvchi antitanalar kiritilishi bilan suyak to‘qimalarining tiklanish jarayoni yaxshilanishi kuzatildi. Olimlar fikricha, bu yangilik insonlarda ham klinik sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazilgach, amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.