Salomatlik Salomatlik Kuzda vazn ortmasligi uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta asosiy qoida

Kuzda vazn ortmasligi uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta asosiy qoida

O'qildi: 283


Kuzda vazn ortmasligi uchun hozirdan amal qilish kerak bo‘lgan 8 ta asosiy qoida

Kuz fasli yaqinlashayotganiga qaramay, ayollar hamon qomatini yanada go‘zallashtirish ishlari bilan band. Ammo sovuq kunlar kelishi bilan kaloriyaga boy taomlar hamda jismoniy harakatning kamligi tufayli qalin kiyimlar ortida vazn ortib borishi hech kimga sir emas. Marie Claire nashri salqin mavsumda ham qomat o‘zgarmasligiga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Kuz — yengil va harir liboslar bilan xayrlashib, issiq va yopiq kiyimlarga o‘tadigan vaqt. Ko‘pchilik jismoniy mashqlar qilish, to‘g‘ri ovqatlanish uchun motivatsiyani yo‘qotadi, natijada qo‘shimcha vazn olish xavfi ortadi. Bundan tashqari, yomg‘irli ob-havoda hamma ham uyga qaytishni, issiqina uyda shirinlik bilan choy ichishni xohlaydi. Ammo quyidagi tavsiyalarga amal qilgan holda muammoning oldini olish mumkin.

Har bir taomga sabzavot va ko‘katlar qo‘shish

Sabzavotlar antioksidant, fitonutrient, vitamin va kletchatkaga boy. Kletchatka shakarning so‘rilish tezligini pasaytiradi, organizmdagi ovqat hazm qilish va detoksifikatsiya jarayonlarini yaxshilaydi, bu vaznga ijobiy ta’sir qiladi. Piyoz, sarimsoq, zanjabilni ratsionga kiritish zarar qilmaydi - ular antivirus, antibakterial xususiyatlarga ega va shamollash xavfini kamaytiradi.

Suv iste’molini kuzatib borish

Har o‘ttiz daqiqada bir qultumlab suv ichish orqali organizmda ajoyib o‘zgarishlarni sezish mumkin. Agar suv ichish oson bo‘lsa, uni ichishda davom etish kerak. Agar birinchi qultumda chanqoq hissi yo‘qligi sezilsa, uni keyingi yarim soatda ichish tavsiya etiladi.

Inson orgnizmi juda aqlli va u suvga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rsatadigan ajoyib signallarga ega. Shuning uchun his-tuyg‘ularga ergashishga harakat qilish lozim. Suv organizmdagi barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi va ovqat hazm qilish, keraksiz moddalarni chiqarib tashlash uchun muhimdir.

Shirinliklarni faqat ovqatdan keyin iste’mol qilish

Asosiy ovqatni shirin gazak bilan almashtirmaslik lozim. Ushbu muhim qoidaga rioya qilish tez uglevodlarni ortiqcha iste’mol qilish va qo‘shimcha kaloriyalar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Axir, och qoringa shirinlik iste’mol qilinsa, qonda glyukozaning keskin ko‘payishi kuzatiladi, bu esa uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytiradi.

Oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilish

Oqsil organizmdagi har bir hujayraning asosidir. Busiz metabolik faoliyat boshlanmaydi va mukammal qomatga erishib bo‘lmaydi. Go‘sht, tuxum, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari oqsilning ajoyib manbalari hisoblanadi.

Kundalik ratsionga foydali yog‘larni kiritish

Sog‘lom yog‘lar hujayra membranalarini qo‘llab-quvvatlaydi, metabolizmni rag‘batlantiradi va organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Haftalik ovqatlanish rejasiga avakado, yog‘li baliq, yong‘oq, zaytun, dengiz o‘tlari va qizil go‘sht qo‘shish tavsiya etiladi. Ushbu oziq-ovqatlarning sog‘liq, terining holati va vaznga ijobiy ta’siri mavjud.

Kraxmalga ustunlik berish

Murakkab uglevodlar uchun ingichka ichakda hazm bo‘lmaydigan kraxmalga ega bo‘lgan oziq-ovqatlar iste’mol qilish lozim. Ular loviya va yasmiq, kartoshkada mavjud. Tadqiqotlarga ko‘ra, kraxmal ichak mikroflorasini yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi, ko‘proq to‘qlik hiss va energiya beradi.

Kundalik faoliyatni kuzatib borish

Jismoniy faollik metabolizmni yaxshilaydi, mushaklarning massasini oshiradi, shuningdek, dofamin ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali kayfiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dofamin har qanday jismoniy faoliyatga javoban ishlab chiqariladi va zavq, mehr, muhabbat tuyg‘ularini yaratish uchun javobgardir. Aynan shu gormon mashg‘ulotdan keyin hissiy o‘zgarishni keltirib chiqaradi.

Yetarlicha uxlash

Uyquning eng muhim xususiyati anabolik —  tiklovchidir. Uyqu immunitet tizimini mustahkamlaydi, gormonal darajani yaxshilaydi va energiyani oshiradi. Uyqusizlikda shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj ortadi. Shu orqali organizm  uglevodlar bilan yetishmayotgan energiyani to‘ldirishga harakat qiladi. Natijada vazn ortishi kuzatiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.