Salomatlik Salomatlik Ozdiruvchi belbog‘, choylar va vazn yo‘qotishning eng foydasiz 5 ta usuli

Ozdiruvchi belbog‘, choylar va vazn yo‘qotishning eng foydasiz 5 ta usuli

O'qildi: 410


Ozdiruvchi belbog‘, choylar va vazn yo‘qotishning eng foydasiz 5 ta usuli

Ayollar hech narsa qilmasdan ozishning oson va tez usullarini yaxshi ko‘radi. Shuning uchun odamlar orasida keng tarqalgan xalq retseptlariga qat’iy amal qiladi. The Voice Mag nashri 5 ta eng mashhur, ammo, afsuski, ortiqcha vazn yo‘qotish uchun foydasiz bo‘lgan usullar bilan tanishtirdi.

Foto: The Voice Mag

Vazn yo‘qotish haqida gap ketganda, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy mashqlar o‘rniga ko‘pincha muqobil usullar tanlanadi. Ular hech qanday sehrli ta’sirga ega emas, shuningdek, ba’zan ular organizmga zarar ham yetkazadi.

Vazn yo‘qotadigan belbog‘lar

Reklamada bunday belbog‘lar nafaqat vazn yo‘qotishga yordam beradi, balki sellyulitdan xalos qiladi, shuningdek, organizmdan toksinlarni chiqarib tashlaydi, deya ishontiriladi. Darhaqiqat, ular terlashga hissa qo‘shadi, ammo organizmdagi yog‘lar ter orqali chiqib ketmaydi. Haddan tashqari namlikni yo‘qotish fonida tana harorati ko‘tariladi, shuning uchun jismoniy faoliyatsiz boshqa biror o‘zgarish yuz bermaydi.

Miostimulyatorlar

Vazn yo‘qotishda ushbu gadjetlar umuman foydasiz. Masalan, tez yurganda odatda soatiga taxminan 200-300 kkal, mushak stimulyatori esa yuqori intensivlikda bir vaqtning o‘zida atigi 70-80 kkal yo‘qotishi mumkin. Shuning uchun miostimulyatsiya seansini muntazam yurish bilan almashtirish ancha foydali va arzonroqqa tushadi.

Oziq-ovqat plyonkasi 

Internetda oddiy yopishqoq plyonkalarning mo‘jizaviy ta’siri haqida ko‘p gapiriladi. Ko‘pchilik hatto boshdan oyoq o‘ralib, yuguradi yoki sport zaliga boradi, shunda vazn yo‘qotish jarayoni tezroq va jadalroq davom etadi, deb o‘ylashadi. Aslida, bunday o‘ramlar nafaqat ortiqcha vaznga qarshi kurashish uchun foydasiz, balki zararli ham bo‘lishi mumkin.

Gap shundaki, plyonka bilan o‘rash tufayli yo‘qotiladigan suyuqlik organizmga kerak. Bunday vazn yo‘qotishning oqibatlari juda achinarli: mushaklar tezroq kislotalanadi va yomon ishlay boshlaydi. Oddiy so‘z bilan aytganda, organizmning suvsizlanishi tufayli yurak zo‘riqadi va zararli moddalarni hujayralardan olib tashlash qiyinlashadi. Aytish kerakki, terlash jarayonining yog‘ eritish bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Trenajyorlar va vibromassaj qurilmalari

Ushbu qurilmalar ba’zi maxsus to‘lqinlar tufayli yog‘ni eritishga yordam berishiga ishonmaslik lozim. Mutaxassis va olimlar vazn yo‘qotish va bunday qurilmalardan foydalanish o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik topa olmadi.

Ozdiruvchi choy va qahva

Bunday yordamchilar bir necha turga bo‘linadi: ichak tozalovchi yoki ishtahani bo‘g‘uvchi kabi. Reklamada hamma narsa juda ishonchli ko‘rinadi, lekin aslida ular nafaqat foyda keltirmaydi, balki organizmning suvsizlanishiga va u bilan bog‘liq bir qator muammolarga ham olib keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.