Eng muhim 8 soat: yetarlicha uxlamaslik natijasida organizmda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar
O'qildi: 337
Aslida besh soat davomida uxlash odatiy holga o‘xshaydi, lekin bu muammo organizmda jiddiy oqibatlarga olib keladi. “Domashniy ochag” nashri nima uchun tungi dam olishga kamida 8 soat sarflash kerakligini ma’lum qildi.
Foto: “Domashniy ochag”Kaliforniya universitetining neyrofiziologiya va psixologiya professori Metyu Uoker uyquning foydalari haqida kitob yozdi va nima uchun bu juda muhimligini eslatib o‘tdi.
Me’yorida uxlamaslik natijasida quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin:
- miyada tezda yangi xotiralar yaratilishida to‘sqinlik paydo bo‘ladi;
- organizmning Alsgeymer kasalligining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan beta-amiloid deb ataladigan toksik oqsilni miyadan yuvishga to‘sqinlik qiladi;
- erkaklarda testosteron darajasini pasaytiradi;
- yurak-qon tomir tizimini qayta ishga tushirishga imkon bermaydi: uyquning chuqur bosqichida puls va qon bosimi pasayadi. Kam uxlash natijasida esa infarkt xavfi jiddiy ravishda oshishi mumkin.
- Uoker AQSHda bahorda kun uzayishiga misol keltiradi: odamlar bir soat uyquni yo‘qotadi va ertasi kuni boshqa kunlarga qaraganda yurak xuruji 24 foiz ko‘proq qayd etiladi;
- oshqozon va ko‘krak saratoni rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi immun hujayralari sonini 70 foizga kamaytiradi. Uyqusizlik va saraton xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlik tufayli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tungi uyqusizlikni kanserogen deb tasniflaydi.
Mavzuga doir:
- Uyqu insonni qanday qilib Alsgeymer kasalligidan himoya qiladi?
- Kunduzi uxlab olishning salomatlik uchun foydalari
- Faqat charchoq emas: doimiy uyquchanlikning 3 ta xavfli sababi
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.