Salomatlik Salomatlik Nosog‘lom turmush tarzi, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo va organizmda suyuqlik to‘planishining yana 5 ta sababi

Nosog‘lom turmush tarzi, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo va organizmda suyuqlik to‘planishining yana 5 ta sababi

O'qildi: 300


Nosog‘lom turmush tarzi, qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammo va organizmda suyuqlik to‘planishining yana 5 ta sababi

Badanda shish holati kuzatilganda, birinchi bo‘lib organizmda nimalar yuz berayotganini aniqlash kerak. Agar biror organ bilan bog‘liq jiddiy muammo bo‘lmasa, “Noviy ochag” nashri organizmda suyuqlik to‘planishining yettita asosiy sababini bilib olishni maslahat beradi.

Foto: “Noviy ochag”

Nosog‘lom turmush tarzi

Tez-tez tayyor ovqat iste’mol qilish va uning tarkibidagi tuz organizmdagi suv muvozanatiga xalaqit beradi. Tez uglevodlar shakar darajasini oshiradi, bunga javoban tanada insulin ishlab chiqariladi, uning ortiqchasi buyraklarni tuzni qayta ishlashga olib keladi va muvozanat yana buziladi. Agar bu doimiy ravishda sodir bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

Hayz oldi kunlari

Ko‘p ayollarda suv yig‘ilishi ovulyatsiya paytida gormonal o‘zgarishlar tufayli siklning o‘rtasida sodir bo‘ladi. Bu normal holat va tibbiy aralashuvni talab qilmaydi. Mutaxassislar tuzni iste’mol qilishni kamaytirish va magniy bilan vitaminlar ichishni maslahat beradi.

Gormonal kontratsepsiya

Tabletkalarning nojo‘ya ta’siridan biri suvni to‘plab turish bo‘lishi mumkin. Hayz paytida hamma narsa yaxshilanadi. B6 vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik

Homiladorlik davrida ham suv tufayli shish paydo bo‘lishi mumkin. Chaqaloq qorin bo‘shlig‘iga bosim o‘tkazadi, onaning organizmida qon oqimi sekinlashadi. Agar shish kuchli bo‘lmasa, xavotir olishga o‘rin yo‘q.

Menopauza

Bu vaqtda gormonal fon o‘zgaradi va suvni ushlab turish tez-tez sodir bo‘lishi mumkin. Asosiysi, agar u salomatlikka xalaqit bermasa, tashvishlanmang.

Uzoq parvoz

Asosiy sabablar — bir holatda uzoq vaqt o‘tirish va ratsionni o‘zgartirish. Parvoz yakunlangandan keyin barchasi o‘tib ketadi.

Qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar

Gormonal nomutanosiblik ham organizmdagi suvni ushlab turishga olib kelishi mumkin. Endokrinolog bilan bog‘lanish va kerakli tekshiruvlardan o‘tish tavisya etiladi.

Mavzuga doir:

  • Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot
  • Tunda qahva ichish mumkinmi? Qanday qahva uyqu sifatiga ta’sir qilmaydi?
  • Har kuni sut ichilganida organizmda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.