Salomatlik Salomatlik Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

O'qildi: 400


Sog‘liq uchun xavfli: tarkibidagi palma yog‘i tufayli iste’mol qilmaslik kerak bo‘lgan 10 ta mahsulot

Palma yog‘i eng ko‘p iste’mol qilinadigan o‘simlik moyi bo‘lib, uning 72 foizi oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, uni muntazam ravishda iste’mol qilish ko‘plab xavfli kasalliklarga, jumladan, ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘ladi. Marie Claire nashri quyida palma yog‘i qaysi mahsulotlarda tez-tez ishlatilishi haqida ma’lumot beradi(iloji bo‘lsa, bu mahsulotlarni cheklash yoki diyetadan butunlay chiqarib tashlash kerak).

Pechenye

Foto: Stock Adobe

Palma yog‘i do‘konda sotiladigan pechenye va biskvitlarda yetarlicha miqdorda mavjud. Gap shundaki, u xamir hajmini kamaytirishga yordam beradi va uni yanada qumoq-qumoq va yumshoq qiladi.

Non va bulkalar

Palma yog‘i ko‘pincha shakarsiz pishiriqlarga qo‘shiladi. Bu nonning yumshoqligini ta’minlaydi. Shuning uchun tanlayotganda qattiqroq pishiriqlarga e’tibor bering.

Margarin

Foto: Stock Adobe

Margarin tayyorlashda palma yog‘i har doim qo‘shiladi, chunki u oksidlanishning oldini oladi va margarinning uzoqroq turishiga yordam beradi. Shuning uchun sariyog‘dan foydalangan ma’qul.

Nonushta yormalari

Palma yog‘i ko‘plab nonushta donlarining muntazam tarkibiy qismi bo‘lib, shu yog‘ tufayli ular bir necha oy saqlanishi mumkin.

Shokolad va shokolad pastasi

Foto: Stock Adobe

Shokoladli plitka yoki pasta tanlayotganda tarkibini diqqat bilan o‘qing va iloji bo‘lsa, palma yog‘i qo‘shilgan shirinliklardan saqlaning. To‘g‘ri, kakao yog‘ini o‘z ichiga olgan shokolad chiroyli ko‘rinishi bilan o‘ziga jalb qilmaydi, issiqda ham tezda eriy boshlaydi, ammo palma yog‘iga qaraganda ancha xavfsiz.

Chipslar

Deyarli barcha chipslar palma yog‘ida qovuriladi, chunki u boshqa o‘simlik moylarining arzon alternativi hisoblanadi.

Muzlatilgan ovqatlar

Palma yog‘i ko‘pincha muzlatilgan yarimtayyor mahsulotlarga qo‘shiladi, bu esa konservantlar o‘rnini bosadi.

Muzqaymoq

Foto: Stock Adobe

Palma yog‘i barcha muzqaymoqlarga qo‘shilmaydi. Odatda bu tarkibiy qism faqat arzon shirinliklarda uchraydi, ular sariyog‘ va sut qo‘shilgan muzqaymoqdan juda farq qiladi.

Tez tayyorlanadigan lapsha

Deyarli har qanday tezpishar lapsha paketida, taxminan, 20 foiz palma yog‘i mavjud.

Ko‘pirtirilgan qaymoq

Bunday kremni tayyorlashda palma yog‘i har doim ishlatiladi. Bu ularning shakli va tuzilishini saqlashga yordam beradi.

Mavzuga doir:

  • Quyultirilgan sut, palma yog‘i va voz kechish shart bo‘lmagan “zararli” mahsulotlar
  • Ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan yuqori kaloriyaga boy zararli shirinliklar(foto)
  • Immunitet pasayishiga sabab bo‘luvchi 5 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.