Salomatlik Salomatlik Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?

Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?

O'qildi: 238


Qanday kasalliklar yaxshi ko‘rinishga xalal beradi?

Tashqi ko‘rinishdagi kamchilikka biror kasallik sabab bo‘lishi mumkinligi hammaga ma’lum. Lekin ko‘pincha odamlar o‘z qiyofasidagi salbiy o‘zgarishlarni ko‘rsa ham shifokorga borishga shoshilmaydilar. Maqolamizda bu o‘zgarishlarni keltirib chiqaradigan va ko‘rinishimiz yaxshi bo‘lishiga xalal beradigan kasalliklar to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Foto: Shutterstock

Gipotireoz

Qalqonsimon bezning gormonlar ishlab chiqarishi pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan, endokrin tizimining eng keng tarqalgan kasalliklaridan biridir. Bu kasallikni aholining 4—6 foizida uchratish mumkin.

Noxush oqibatlari: Teri ko‘pincha quruqlashadi, po‘st tashlaydi, sarg‘ish tus oladi va dog‘ bosadi. Sochlar to‘kilishi mumkin. Ba’zilar semirib ketadi. Gipotireozda metabolizm tezligi pasayadi, bu esa organizmdagi moddalar balansining buzilishiga olib keladi.

Gipertireoz

Bu kasallik – gipotireozning teskarisi: Qalqonsimon bez ikki marta ko‘p ishlaydi. Bu tireotoksikozga olib keladi – organizm gormonlardan zaharlanadi.

Noxush oqibatlari: Modda almashinuvi tezlashadi – siz qabul qilgandan ko‘ra ko‘proq energiya yo‘qotasiz – tana normal faoliyat ko‘rsatishi uchun kerak bo‘ladigan moddalarni yo‘qotadi. Teri quriydi, sochlar to‘kiladi, tirnoqlar sinadi va vazn kamayib ketadi.

Kamqonlik

Qondagi gemoglobinning kamayishi bilan bog‘liq kasallik bo‘lib, har xil turlari mavjud.

Noxush oqibatlari: Sport bilan shug‘ullanish vaqtida ham yo‘qolmaydigan, hatto kuchayadigan rangparlik. Ba’zilarning yuzi esa sarg‘imtir tus oladi.

Buyrak kasalliklari

Har xil bo‘ladi – sistit, siydik yo‘li kasalliklari va boshqalar.

Noxush oqibatlari: Ko‘z osti ko‘karishi va osilishi – ayniqsa ertalablari.

Kasalliklardan qochishning aniq belgilangan usullari yo‘q – lekin to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish yoki hech bo‘lmasa bir haftada 3 marta 30—40 daqiqadan piyoda sayr qilish xavfni jiddiy ravishda kamaytiradi.

Manba: Women’s Health




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.