Shamollash va grippga qarshi tabiiy vositalar
O'qildi: 298
Sal mazamiz bo‘lmay qolsa, darrov hamma joyda reklama qilinayotgan dori-darmonlar esimizga tushib qoladi. Lekin bularsiz ham uzoq o‘tmishdagi bobo va buvilarimiz ahvolni yaxshilash va kasallikni tezroq yengishni yaxshi bilishgan. Xalq tabobatidan bir necha retseptlar keltiramiz.
Foto: “Xitrosti jizni”Tomoq og‘rig‘ida va shilliq qavat yallig‘lanishida yengillashtirishga yordam beradi:
- olma sirkasi eritmasi bilan chayqash(bir piyola iliq suvga 1 osh qoshiq sirka);
- qizilmiya ildizi – yuqori nafas yo‘llari shamollashida qo‘llaniladigan xalq tabobatining an’anaviy vositalaridan biri. Bir piyola qaynoq suvga 10-15 g quritilgan ildiz maydasidan soling va bir kunda 1 osh qoshiqdan 3-5 marta iching;
- zanjabilli choy damlang: bir desert qoshiq maydalangan zanjabilni bir piyola issiq suvga soling; 1 osh qoshiq asal va ta’bga ko‘ra limon sharbati qo‘shing; kun davomida bir necha marta iching;
- kartoshka bug‘ida ingalyatsiya qilish ahvolni ancha yengillashtiradi; bir necha dona kartoshkani kamroq suvda qaynating va bug‘ tashqariga chiqib ketmasligi uchun sochiq bilan o‘ranib undan nafas oling;
- bir necha tomchi yalpiz, qalampir va archa efir yog‘lari solingan aromatik lampa ham nafas olishni yengillashtiradi.
Tezroq tuzalish uchun ko‘proq uxlash va yaxshi ovqatlanishga harakat qiling, ayniqsa C vitaminiga boy bo‘lgan sitrusli mevalar va tovuq sho‘rvasi foydalidir.
Manba: “Xitrosti jizni”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.