Homiladorlarga qanday oziq-ovqatlar mumkin emas?
Bu maqolada homiladorlik davrida nimalarni yeyish mutlaqo mumkin emasligi shuningdek, qaysi oziq-ovqatlardan o‘zini tiyish ma’qulligi va qaysilarini cheklash kerakligi to‘g‘risida aytmoqchimiz.
Foto: “Mammyclub.ru”
Homiladorlikda iste’mol qilish mutlaqo mumkin bo‘lmagan oziq-ovqatlar
— Spirtli ichimliklar. Ularni iste’mol qilish bolangiz sog‘lig‘i va o‘sishiga tuzatib bo‘lmaydigan darajada salbiy ta’sir qilishi mumkin.— Xom go‘sht, baliq. Ular listeriya bakteriyalari tomonidan qo‘zg‘atiladigan listerioz kasalligi manbasi bo‘lishi mumkin. Bu juda xavfli kasallik. Uning hatto juda yengil shakli ham bola tushishiga, o‘lik tug‘ilishiga olib kelishi mumkin.
— Xom tuxum, qaynamagan sut va ulardan qilingan har qanday mahsulotlar salmonellez manbai bo‘lishi mumkin. Bu kasallik homiladorlarda ham ona uchun va ham bola uchun og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
— O‘rmon qo‘ziqorinlari. Tabiat qo‘ynida o‘sadigan qo‘ziqorinlar atrof-muhitdagi hamma zaharli moddalarni o‘z ichiga to‘plab oladi.
O‘zini tiyish ma’qul bo‘lgan oziq-ovqatlar
— Fast-fud yeguliklari. Bu ovqatlarning asosiy zarari shundaki, ular kaloriyani va vaznni oshirishdan boshqa hech qanday foyda keltirmaydi.— Har qanday gazli ichimliklar. Hamma gazli ichimliklar tarkibi karbonat angidrid gazi(CO2)dan tashkil topgan. Bu gazning pufakchalari me’dada yoriladi. Bu esa o‘z navbatida kekirish, zarda va qorin damlashini keltirib chiqaradi.
— Qovurilgan ovqatlar – bu jigar va buyrakka qo‘shimcha og‘irlik yuklaydi. Uglevodlarga boy mahsulotlarni qovurish davomida akrilomid kanserogen moddasi paydo bo‘ladi. Bu moddaning to‘planishi bola bosh miyasi rivojlanishining o‘zgarishiga olib keladi.
— Pishloqning mog‘orli turiga kiruvchi rokfor, gorgonzola va yumshoq pishloqlardan bri, kamambera. Ularning tarkibida listeriy bakteriyalari bo‘lishi mumkin.
Manba: “Mammyclub.com”
Manba