Salomatlik Salomatlik Nima uchun ba’zan parhez ish bermaydi? Siz payqamagan sabablar

Nima uchun ba’zan parhez ish bermaydi? Siz payqamagan sabablar

O'qildi: 256


Nima uchun ba’zan parhez ish bermaydi? Siz payqamagan sabablar

Siz faqat “sog‘lom” ovqatlar yeysiz, shirinliklardan ham, tuzlangan ovqatlardan ham voz kechgansiz, anchadan beri mashq qilasiz, lekin baribir ortiqcha vazndan xalos bo‘lolmayapsizmi?

Foto: “Parents.ru”

Ehtimol siz quyidagi xatolardan biriga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lishingiz mumkin:

To‘yib uxlamaysiz

Uyqu yetishmasligi energiya qoldiqlarini saqlash uchun metabolizmni sekinlashtirishga majbur qiladi. Bu esa o‘z navbatida gormonal muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, to‘yib uxlamaslik ochlik hissini yana ham kuchaytiradi.

Yashirin kaloriyaga e’tibor bermaysiz

Masalan, siz har kuni sabzavotlardan qilingan salat yeysiz. Lekin salatga qayla qo‘shish bilan siz uning kaloriyasini oshirib yuborasiz. Shuning uchun salatga limon sharbati yoki sirka balzamidan qo‘shsangiz parhez samaraliroq bo‘ladi.

Sog‘lom ovqatlarning haddan tashqari ko‘pligi

Sog‘lom ovqatda ham kaloriya bo‘ladi. Ularni ko‘p miqdorda iste’mol qilish organizmda yog‘lar yig‘ilishiga olib keladi. Chunki, organizmga tushgan oqsillar ishlab chiqilgandan so‘ng mushaklarga aylanadi deb o‘ylash noto‘g‘ri.

Ovqatlanishdagi tartibsizlik

Izchillik – har qanday parhezning hal qiluvchi lahzasi hisoblanadi. Agar u bo‘lmasa, hatto uch kun och qolish ham yordam bermaydi. Sog‘lom, har doim muvozanatda bo‘lgan yashash tarzi ovqatlarni iste’mol qilishning qoldirish va uzilishlarsiz ketma-ketligidan boshlanadi.

Manba: “Trendymen.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.