Salomatlik Salomatlik Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq (video)

Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq (video)

O'qildi: 288


Burpi: ozishda yugurishdan ham yaxshiroq samara beradigan mashq (video)

Burpi — krossfit(jismoniy tayyorgarlikning doirali tizimi)mashqi bo‘lib, u bir davraning o‘zida turli pozitsiyalardan iborat bir yo‘la bir nechta harakatlarni bajarishni ko‘zda tutadi. Shu tariqa butun tana ishlaydi va katta miqdorda energiya sarf bo‘ladi.

Foto: Men’s Health

O‘rtacha 10 daqiqa ichida juda ulkan hajmdagi ish bajariladi, unda sport anjomi sifatida o‘z tanangiz ishlaydi.

Foto: “Fitladies.ru”

Burpi mashqini bajarish texnikasi:

  1. Tizzani bukib o‘tiring, qo‘l kaftlaringiz qarshingizda, polda tursin.
  2. Oyoqlarni orqaga cho‘zing, tana otjimaniye mashqini bajarganda qanday holatda tursa, shunda holatni egallang.
  3. Otjimaniye qiling.
  4. Tanaffussiz tizzani bukib o‘tirish holatiga qayting.
  5. Iloji boricha balandroq sakrab, qo‘llarni tepaga cho‘zing va boshingiz ustida chapak chaling.
Olim va trener Jeff Godin aytishicha, bitta burpi mashqini bajarish uchun 1,43 kkal quvvat sarf bo‘ladi. Bir daqiqada 7 ta yoki undan ko‘proq mashq bajarilsa, daqiqasiga ikki xonali kaloriya sarfiga erishish mumkin. Takrorlashlar sonini daqiqasiga hech bo‘lmaganda 10 tagacha yetkazish tavsiya etiladi. Yuqori sur’atda 10 ta burpi bajarish 30 soniyalik velosprintga teng keladi.

Yangi boshlayotganlar uchun kompleks:

2 daqiqadan 4 marta mashq qilish(jami 8 daqiqa), har bitta mashqdan so‘ng 1 daqiqalik tanaffus

Tajribalilar uchun kompleks:

3 daqiqadan 6 marta mashq qilish(jami 18 daqiqa), har bitta mashqdan so‘ng 1 daqiqalik tanaffus




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.