Salomatlik Salomatlik Kuniga necha mahal ovqatlanish kerak?

Kuniga necha mahal ovqatlanish kerak?

O'qildi: 277


Kuniga necha mahal ovqatlanish kerak?

Maqolada sizga qanday ovqatlanish rejimi mos tushishini bilib olishingiz mumkin.

Foto: “Layfxaker”

Hamma narsadan qanoatlanganlar uchun uch martalik ovqatlanish

Bu bizga bolalikdan tanish bo‘lgan ovqatlanish rejimidir — nonushta ertalab 7—8 da, tushlik — 13—14 da va kechki taom 19—20 da.

Ko‘p parhezshunoslar vaznni nazorat qilishda tez-tez va kam-kamdan yeyish odatiy uch martalik ovqatlanishdan ko‘ra ko‘proq yordam berishini aytadi. Ammo ba’zi tadqiqotlar buni rad etmoqda. Chunonchi, sakkiz hafta davomida ikkita guruh ishtirokchilari kaloriyasi kamaytirilgan parhez tutdi, ammo bitta guruh kuniga uch mahal, ikkinchisi olti mahal ovqatlandi. Natijada ikkala guruh ishtirokchilari ham ozdi, olimlar sezilarli farqlarni payqamadi.

Agar siz 8 dan 5 gacha ishlasangiz va ovqatlanishlar orasida tamaddi qilib olishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, ovqat tayyorlashga ortiqcha vaqt sarflamoqchi bo‘lmasangiz, ortiqcha vazn va ovqat hazm qilishdagi muammolardan azob chekmasangiz, kun o‘rtasida ochlik hissini sezmasangiz, uch martalik ovqatlanish rejimi sizga mos tushadi.

Ochlik hissini nazorat qilish uchun tez-tez ovqatlanish

Bunda kundalik kaloriya me’yori kichik porsiyalarga taqsimlanadi. Odatda bu olti marta ovqatlanish bo‘lib, ularning uchtasi asosiy ovqatlar va qolgani tamaddilardir.

Bunday usulning afzalligi shundaki, kun davomida siz ochlikni his qilmaysiz, shu tufayli kaloriyalarni hisoblab, o‘zingizni ovqatdan cheklamasangiz ham, kam yegulik iste’mol qilasiz.

Ortiqcha vazningiz bo‘lsa va undan qutulmoqchi bo‘lsangiz, kun davomida tamaddi qilish imkoniyatingiz bo‘lsa, kun davomida ko‘pincha ochlikni his qilib, kechqurun esa juda ko‘p narsa yeb qo‘ysangiz, yomon xolesterin va insulin miqdorini kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, siz tez-tez ovqatlanish rejimini ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Yurak va miya salomatligi uchun qisqa muddatli ochlik

Bu shunday ovqatlanish sxemasiki, unda siz 16—18 soat davomida faqat suv ichasiz, qolgan vaqtda esa istaganingizcha ovqatlanasiz, ammo juda to‘yib ketmasligingiz va zararli narsalarni yemasligingiz kerak. Shuningdek, boshqacharoq sxema ham bor — haftasiga besh kun oddiy rejimda ovqatlanib, haftasiga ikki marta 24 soatdan och qolish.

Och qolishning foydasini ko‘rsatib beruvchi ko‘plab tadqiqotlar bor. AQShdagi Keksayish muammolari bo‘yicha milliy institut katta tadqiqotchisi Mark Mettson ta’kidlashicha, oshlik qondagi shamollash markerlari miqdorini kamaytiradi va oksidlanish stressini kamaytiradi, o‘rganish qobiliyatini va xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar siz vazn tashlay olmasdan, yangi narsani sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ertalablari ochlikni his qilmasangiz, ovqat tayyorlashga ko‘p vaqt sarlashni istamasangiz, qisqa muddatli och qolishni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Manba: “Layfxaker”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.