Bolalarga ikkinchi tushlik nima uchun zarur va u qanday bo‘lishi kerak?
Ilgari bizning onalarimiz, buvilarimiz va bog‘cha tarbiyachilari ikkinchi tushlikning nafaqat mazali bo‘lishini, balki ovqatlanish uchun zarur vaqt ekanligini ham yaxshi bilishar edi. Xush, u nima uchun bunchalik zarur?
Foto: “Deti.mail.ru”Rejimsiz bo‘lmaydi
Maktabgacha yoshdagi bolalar uch yoshidan boshlab to‘rt martalik ovqatlanishga o‘tadi: nonushta, tushlik, ikkinchi tushlik va kechki ovqat. Ovqatlanishlar orasi 3—4 soat bo‘lishi lozim. Nonushta va tushlik orasida bunday tanaffusni amalga oshirish mumkin. Lekin tushlik va kechki ovqat orasida ancha ko‘p vaqt o‘tadi — va bu yerda aynan ikkinchi tushlik yordamga keladi.
To‘g‘ri taomnoma
Ikkinchi tushlikning vazifasi shundaki, bola kechgacha och holda bo‘lmasligi: fastfud, buterbrodlar, chipslar, suxariklar, konfet kabi “noto‘g‘ri” ovqatlar bilan tamaddi qilmasligi va keyin kechki ovqatgacha to‘yib qolmasligi kerak. Shuning uchun ikkinchi tushlik uchun optimal vaqt — tushlik boshlanganidan 3,5—4 soat keyin, ya’ni, soat 16.00—17.00 lar orasida.
Ikkinchi tushlik – asosiy ovqatlanish emas, shuning uchun uni haddan tashqari to‘yimli va kaloriyali qilmaslik muhim. Parhezshunoslar tavsiyalariga ko‘ra, 3-7 yoshdagi bolalar uchun mukammal bo‘lgan ikkinchi tushlik achitilgan sut mahsulotlari va boshoqli mahsulotlardan, shuningdek mevalar, rezavor mevalar yoki yong‘oqlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak. Ya’ni bu muhim tushlikning taomnomasiga yogurt, sut, qatiq, tvorog; pechenye, blinchiklar, non, keks, pirog bo‘lagi; olma, nok, banan, gilos yoki rezavor mevalar qo‘shish mumkin.
Agar bolani biror narsa bilan ajablantirmoqchi bo‘lsangiz bizning retseptimiz bo‘yicha pishloqli pirog tayyorlashga u‘rinib ko‘ring.
Duxovkada pishloqli pirog tayyorlash
Pishloqli piroglar oson, tez tayyorlanadi va ular uchun juda kam oziq-ovqatlar kerak bo‘ladi. Ularni nafaqat qovurish, balki duxovkada ham pishirish mumkin.
Masalliqlar:
200 g tvorog(shirini)1 dona tuxumvanilin1 osh q. sariyog‘125 g manniy yormasi
Tayyorlash:
Hamma masalliqlarni bir xil bo‘lguncha aralashtiring va 10 daqiqa tindirib qo‘ying. Kekslar uchun formachalarga suv seping va ularni aralashma bilan to‘ldiring. Duxovkada 180–200˚C haroratda, 20—30 daqiqa davomida pishirib oling.
Manba: “Deti.mail.ru”
Manba