Yuzingizdagi toshmalar qanday muammolardan darak beradi?
O'qildi: 334
Qadim zamonlardayoq ichki a’zolar faoliyatining buzilishi va teridagi toshmalar orasidagi bog‘liqlik aniqlangan.
Foto: “Wombe.ru”1.Peshona
Peshonadagi har qanday toshmalar asab tizimi faoliyatining muammolari, shuningdek hazm qilish a’zolarining, ayniqsa jigar va o‘t pufagi faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi.Ortiqcha shirinliklar, yog‘li va kimyoviy qo‘shimchalarga boy taomlarni iste’mol qilishdan voz keching, o‘z vaqtida dam olishga harakat qiling.
2. Qoshlar o‘rtasidagi soha
Toshmalar asablar tarangligi va eng muhim ehtiyojlaringiz haqida unutganingizdan darak beradi. Albatta sokinlashtiruvchi o‘tli vannalar kursini qabul qiling, yaxshi musiqa tinglang, tabiat qo‘ynida dam oling.3. Yonoqlar
Yonoqlardagi toshmalar chekishni tashlash va o‘pka faoliyatiga e’tibor qaratish kerakligidan darak beradi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, shuningdek ichaklaringiz faoliyatiga e’tibor bering, balki uni davolash kerakdir.4. Burun
Burun ustidagi toshmalar yurakdagi yoki qon bosimi muammolaridan darak beradi. Shifokorga ko‘rining, shuningdek qahva va spirtli ichimliklar ichishni to‘xtating. Ko‘proq tomirlar holatini yaxshilovchi oziq-ovqatlar: yong‘oqlar, zaytun yog‘i, achchiq shokolad va baliq iste’mol qiling.5. Lablar
Bu sohadagi yallig‘lanish ichaklar disbakteriozidan, lablarning qonsizligi esa anemiyadan darak beradi. Ko‘proq ko‘katlar, yong‘oqlar va achitilgan sut mahsulotlarini iste’mol qiling.6. Iyak
Iyakdagi toshmalar organizmdagi gormonlar muvozanatining buzilganini bildiradi. Malakali endokrinolog, ginekolog yoki androlog yordamidan foydalaning. Uyqu rejimiga amal qiling, qahva va choy o‘rniga toza suv iching.Manba: “Zdorovie.com”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.