Qanday qilib bo‘yinni sog‘lom saqlash mumkin?
Oxirgi yillarda biz o‘zimiz bilan har joyda telefonlarni olib yuramiz va ko‘p vaqtimizni smartfon ekrani qarshisida o‘tkazamiz. Olimlar va shifokorlar gadjetlardan foydalanuvchilar ertaroq qariydi deb xavotirga tushmoqda.
Foto: ShutterstockBosh harakati va uni qayirish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘irlikning hammasi bo‘yinga tushadi. Bu maqoladan siz qanday qilib bo‘yin uchun xavflarni kamaytirish haqida bilib olasiz.
Boshlanishida — sog‘lom bo‘yin uchun eng oddiy test o‘tkazamiz, buning uchun esa telefon kerak bo‘ladi. Telefonni navbati bilan yelkalaringiz yordamida tutib turishga harakat qiling. Agar siz bir yelkada buni qilish oson, boshqasida esa — noqulayligini birdan sezib qolsangiz, bu bo‘yin qismi faoliyati buzilganligining birinchi belgisi va shifokor-osteopatga ko‘rinish uchun sabab hisoblanadi.
Agar bunday muammo o‘z vaqtida aniqlansa, gavdaning o‘zgargan holatini oson shakllantirish mumkin.
Boshni egib bo‘yinni burish orqali uning aynan qaysi qismi og‘rishi yoki qotib qolishini bilish muhim. Ko‘krak qafasi ichidagi zo‘riqish ham bo‘yin mushaklarida, bo‘yinning pastki qismida aks etadi.
Doimiy ravishda mobil telefoni bilan ishlaydiganlar qo‘llari bilan emas, balki moslamadan foydalanishlari zarur.
Agar telefon orqali suhbatlar bir kunda ish vaqtining 20-30%ini tashkil qilsa, ularni qulay holatda o‘tkazishning juda katta foydasi bor.
Telefon orqali keskin va uzoq suhbatlardan keyin qon aylanishini tiklashga oddiy nafas olish mashqlari ham yordam beradi.
Bizning sog‘lig‘imiz o‘zimizning qo‘limizda. Keyin uzoq muddatli davolanish yoki favqulodda choralarga yugurishdan ko‘ra odatlarimizni o‘z vaqtida qulaylashtirish ancha osonroq.
Manba: “Zdorovie.com”
Manba