Salomatlik Salomatlik Haroratni qanday to‘g‘ri o‘lchash kerak?

Haroratni qanday to‘g‘ri o‘lchash kerak?

O'qildi: 407


Haroratni qanday to‘g‘ri o‘lchash kerak?

Haroratning oshishi — bu kasallikning muhim belgisi bo‘lib, organizmning qayeridadir yallig‘lanish boshlanganidan darak beradi. Shuning uchun, haroratingiz qancha ekanligini bilish juda muhim.

Foto: “Zdorovie.com”

Haroratni qayerda va qanday o‘lchash mumkin?

Tana harorati har xil usullar bilan tekshiriladi:

  1. Rektal — yo‘g‘on ichakda.
  2. Oral — og‘iz ichida.
  3. Qo‘ltiq ostida.
  4. Peshonada — buning uchun arteriyani tekshiruvchi infraqizil skanerlar ishlatiladi.
  5. Quloq ichida — bu ham skanerlar yordamida amalga oshiriladi.
Har bir usul uchun har bir joyga maxsus moslashtirilgan elektron termometrlar mavjud.

Qanday termometrdan foydalansangiz ham, avval uning ishlatish yo‘riqnomasini o‘qib chiqing.

Har bir ishlatishdan keyin termometrni tozalaganingiz yaxshi: agar imkoni bo‘lsa yuvish, yoki antiseptik vosita bilan artish lozim. Agar termometr namlikka sezuvchan bo‘lsa, ehtiyot bo‘ling, buzilib qolishi mumkin.

Haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchash

Ko‘pincha biz haroratni qo‘ltiq ostida o‘lchashda odatdagi simobli yoki elektron termometrdan foydalanamiz. Buni to‘g‘ri amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak:

  1. Haroratni ovqat yeyish va jismoniy og‘irliklardan keyin darrov o‘lchash mumkin emas. Yarim soat kuting.
  2. O‘lchashdan oldin shisha termometrni silkitish kerak: simob ustuni 35 °C dan pastroqda turishi kerak. Agar termometr elektron bo‘lsa, uni yoqing.
  3. Qo‘ltiq osti quruq bo‘lishi kerak. Terni artish lozim.
  4. Qo‘lingizni mahkam siqib turing. Yaxshisi bolani qo‘lga oling va yelkasini o‘zingiz siqib turing.
  5. Agar yuqoridagi qoidaga amal qilgan bo‘lsangiz, simobli termometrda haroratni o‘lchash uchun 5 daqiqa kerak bo‘ladi.
Haroratni og‘izda o‘lchash

Bunday usul to‘rt yoshdan kichik bolalar uchun to‘g‘ri kelmaydi, chunki bunday yoshdagi bolalar hali termometrni muvofiq holda tutib tura olmaydi.

  1. Termometrni yuving.
  2. Datchik yoki simobli moslamani tilning tagiga qo‘yish va gradusnikni lablar bilan tutib turish kerak.
Haroratni quloqda o‘lchash

Buning uchun maxsus infraqizil termometrlar mavjud: boshqa termometrlarni quloqqa tiqish foydasiz. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning harorati quloqda o‘lchanmaydi, chunki rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli natija noaniq bo‘lishi mumkin.

Quloqni bir tomonga biroz torting va termometr datchigini quloq ichiga qo‘ying. O‘lchash uchun bir necha soniya kerak bo‘ladi.

Manba: “Detstrana.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.