Olimlar: Qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan tadqiqotlar muvaffaqiyatli tarzda nihoyasiga yetkazildi
Olimlar natijalari qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan tadqiqotlar muvaffaqiyatli tarzda nihoyasiga yetkazilganini tasdiqladi. Bu ish M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Stokgolm universitetining biogenetiklar guruhi tomonidan amalga oshirildi.
Foto: TrendymenRossiyalik taniqli biolog Vladimir Skulachev rahbarlik qilgan bu tadqiqotlarni o‘tkazish jarayonida olimlar genetik jihatdan modifikatsiya qilingan sichqonlar bilan tajriba o‘tkazdi.
Nazorat qilinuvchi mutatsiya unga “mitoxondrial mutagenez” deb ataluvchi jarayonni jiddiy ravishda tezlashtirish va ko‘pchilik yoshga doir kasalliklar faqat qarish bilan bog‘liq ekanligini isbot qilishga imkon berdi.
Olimlar qarish — bu nafaqat organizmning “eskirishi”, balki bizga ota-onamizdan meros bo‘lib qoladigan genetik ravishda joylashtirilgan dastur deb taxmin qildi. O‘tkazilgan tadqiqotlar tufayli biologlar qarishning genetik tuzilishini va hatto ularni orqaga qaytarish yo‘lini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Tadqiqot qatnashchilaridan biri Izpisua Belmonte kelasi o‘n yillikda odamning terisini, mushaklarini, suyaklarini va ichki a’zolarini yoshartirish uchun ishlatiladigan qarishga qarshi kurashuvchi maxsus moddalar ishlab chiqarila boshlashini ta’kidladi.
Manba: Trendymen
Manba